Get Mystery Box with random crypto!

Mnemonikda eslab qolish yo'nalishlari ko'p. Lekin hozirgacha h | Abdufattokhov Trainings

Mnemonikda eslab qolish yo'nalishlari ko'p. Lekin hozirgacha ham hatto professional mnemo-atletlar qiynaladigan yo'nalish bu "Spoken Numbers".

Qoida juda oddiy birinchi xatogacha bo'lgan raqamlar hisobga olinadi. Masalan, siz 20 ta raqam eslab qoldingiz. 19 ta to'g'ri, bitta xato bor. Agar ikkinchi ketma-ketlikdagi raqam xato bo'lib, qolgani to'g'ri bo'lsa ham, siz 1 ball olasiz. 50 ta raqamni ketma-ketligi bo'yicha eslab qolishga harakat qilib ko'rdim.

Qani o'xshar ekanmi?!

Videoni olish va montaj qilish jarayonida bir narsani o'ylab qoldim. Taxminan 7-8 yilcha avval kichik do'konimiz bo'lardi. Juda ham shu do'konni yomon ko'rardim. Sababi ko'pincha eshiklarni qulflab, kalitni qayerga qo'yganimni unutib qo'yar edim.

Uydagilar urushgani mayli, eng yomoni o'zimni shu darajada ham ahmoqligim alam qilardi. Shunga o'xshash vaziyatlar menda juda ko'p bo'lgani uchun o'zimga bo'lgan ishonchim tushib ketgandi. Hozir hammasi boshqacha, ammo eslab qolishni 20 yoshimdan emas, balki 15 yoshimdan boshlaganimdami...

Hechdan ko'ra kech yaxshi. Agar siz bu postni o'qiyotgan bo'lsangiz demak sizda ham imkon paydo bo'ldi. 20-sentabrdan "Brain Box" online treningimning 17-guruhi start oladi. Xotirangizni yaxshilab, miyangizni rivojlantirish orqali o'zingizga nisbatan ishonchingiz ortadi va o'zingizni hurmat qilishni boshlaysiz. Trening haqida qo'shimcha ma'lumotlar uchun brainbox.uz saytiga kirishingiz mumkin.

Hurmat ila,

Eslab qolish bo'yicha Rossiya chempioni Javohir Abdufattoxov.