Get Mystery Box with random crypto!

Biz ko'pincha kim bilandir yaxshi munosabatda bo'lganimizda, i | Abdufattokhov Trainings

Biz ko'pincha kim bilandir yaxshi munosabatda bo'lganimizda, istalgan so'rovga "ha" deb javob berishimiz kerak deb o'ylaymiz.

Har bir insonning juda ko'p e'tibor talab qiladigan do'sti yoki qarindoshi bor. Bunday odamlar ba'zida o'z muammolarini sizniki qilishni xohlashadi. Ular faqat o'zlarining ishlaridan tashvishdalar va agar ularda imkoniyat bo'lsa, ular sizlarga emas, balki o'zlari uchun muhim bo'lgan narsalarga bor kuchini berishadi.

Men odamlarga umuman yordam bermang demoqchi emasman. Albatta, har birimiz yaqinlarimizni yaxshi ko'ramiz, ularga g'amxo'rlik qilamiz va hayotlarini yaxshilashga harakat qilamiz. Ammo boshqalar o'z muammolarini biz tomonga o'tkazishga harakat qilganda biz bunga rozilik bildirsak, bu endi yordam emas. Sababi, muammolarni yaqinlarimizda olib, ularni o'zlari yechim topish imkoniyatidan mahrum qilamiz.

Agar ular o'z muammolarini o'zlari hal qilsalar, bu hammaga foyda keltiradi: nafaqat sizga, balki o'zlariga ham.

"Essensializm" kitobidan.