Get Mystery Box with random crypto!

2023 yil 27-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kenga | Aktam XAITOV | rasmiy kanal

2023 yil 27-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari tomonidan parlament quyi palatasi faoliyatiga oid bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Xususan, Qonunchilik palatasining joriy yil 28-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan majlisi kun tartibidan o‘rin olgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, majlisning kun tartibi loyihasi tasdiqlandi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

2023 yil 28-fevral kuni soat 11:00da Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV