2023-01-28 14:16:47
Munojot
Parvardigoro, qilgan yaxshiliklarimdan ko‘ra Sening marhamatingdan umidvorman.
Chunki men savob deb qilgan ishlarim riyo, sum’a, ujb va ko‘plab dilozorliklarga qorishgan.
Sening marhamating esa tiniq-musaffo.
Mening amalim bandalik chiranishi bo‘lsa, Sening marhamating Xojaning qulga qilgan tuhfasidir.
Ya Alloh, mening amalim hech bo‘lsa, Sening marhamating hamma narsadir.
Iloho, rahmat-marhamatingdan umidvorman! Amalimni esa ortga ortdim..
“Uni poklagan najot topur” kitobidan
4 views꧁͜ ꦳꯭ꦿꦹ꯭ ꯭≣꯭ ꯭𑜞᭄꯭ LiLiYa ꯭꯭꯭꯭ ꯭𑜞᭄꯭ ꯭≣ ꦳꯭ꦿꦹ꯭ , 11:16