Get Mystery Box with random crypto!

Munojot Parvardigoro, qilgan yaxshiliklarimdan ko‘ra Sening | 💞🌹ЛИЛИЯ🥀_Царица🥀Цветов🌹💞

Munojot

Parvardigoro, qilgan yaxshiliklarimdan ko‘ra Sening marhamatingdan umidvorman.

Chunki men savob deb qilgan ishlarim riyo, sum’a, ujb va ko‘plab dilozorliklarga qorishgan.
Sening marhamating esa tiniq-musaffo.

Mening amalim bandalik chiranishi bo‘lsa, Sening marhamating Xojaning qulga qilgan tuhfasidir.

Ya Alloh, mening amalim hech bo‘lsa, Sening marhamating hamma narsadir.
Iloho, rahmat-marhamatingdan umidvorman! Amalimni esa ortga ortdim..

“Uni poklagan najot topur” kitobidan