Get Mystery Box with random crypto!

Muhammad Ali | Rasmiy Blog

Telegram kanalining logotibi muhammadali_eshonqulov — Muhammad Ali | Rasmiy Blog
Kanal manzili: @muhammadali_eshonqulov
Toifalar: Bloglar , Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 47.80K
Kanalning ta’rifi

😊 Foydali ilmga tikilgan sarmoya, ikki dunyoda ham foyda beradi!
Reklama va tijoriy hamkorlik: @Tijoriy_uz

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-04-23 21:10:23
Gul va Bog'bon

Javohir Rasulov ukamiz juda ma'noli lavha ishlabdi.
Ulashgim keldi.

@Muhammadali_Eshonqulov
14.5K viewsedited  18:10
Ochish/sharhlash
2024-04-22 17:08:43
“BIZNES MARAFON” hududi kengaymoqda!

Navbatdagi manzil — Istanbul shahri...

Turli yo‘nalishlarda muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan o‘zbekistonlik hamda turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashish imkoniyati endi Istanbulda. 25-aprel, soat 16:00da Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida “Biznes marafon” bo‘lib o‘tadi.

Sizni muvaffaqiyat sirlari, tajriba, ko‘nikma va qiziqarli voqealarga boy marafon kutmoqda.

Kirish mutlaqo bepul! Barchani marafonda kutib qolamiz...

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
https://forms.gle/omXPVWvw11arjEoB7

Manzil:
Ali Emiri Efendi Kültür Merkezi

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram
13.2K views14:08
Ochish/sharhlash
2024-04-22 14:28:42
23-24 aprel kunlari FRANCHISING & DISTRIBUTION EXPO UZBEKISTAN ko'rgazmasi bo'lib o'tadi
 
Turli sohalarda o'zingiz uchun yangi ufqlarni kashf eting:
 
Franchayzing
Distributsiya va ulgurji savdo
Avtomatlashtirish tizimlari
Bank xizmati
Yuridik va buxgalteriya yordami
Marketing va brending
Investitsiyalar
Elektron tijorat
 
Ushbu yirik tadbirning bir qismiga aylaning:
 
6000+
Kvadrat metrli maydon
 
10+
Brendlar keladigan mamlakatlar
 
100+
Ko'rgazmada ishtirok etuvchi brendlar
 
6000+
Ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilar
 
Ko'rgazma ishtirokchilari orasida O'zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog'iston, Turkiya va boshqa mamlakatlardan kelgan tadbirkorlar va distribyutorlar.

FRANCHISING & DISTRIBUTION EXPO UZBEKISTAN-
tajriba almashish, bozorning so'nggi tendentsiyalarini muhokama qilish hamda O'zbekiston va O'rta Osiyo biznes maydonlarida yangi biznes imkoniyatlarini izlash uchun ideal platforma.

Manzil: Anhor park, Labzak 12/1
 
23-24-aprel 2024 yil
 
+998 99 200 82 72
+998 78 113 03 90
@uzfranchiseassociation
 
Tadbirda qatnashish bepul, ro'yxatdan o'tish talab qilinadi
https://uzfranchise.uz/uz
14.2K views11:28
Ochish/sharhlash
2024-04-21 16:40:39
Nima mumkin-u, nima mumkin emas!

Yuksalish maktabi qoidalari bilan o‘quvchilarimiz qisqacha tanishtirib o‘tadilar.

YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!

+998951010600
@yuksalish_maktab_admin
@yuksalishmaktabi_news

Telegram Instagram
You tube
14.6K views13:40
Ochish/sharhlash
2024-04-21 06:53:11 Har kuni kitob o'qish orzumi?

Tadqiqotlarga ko'ra, Garvard univerisiteti talabalari bir haftada 1000 sahifa kitob o'qishadi. Bizda ham shunday qilsa bo'ladimi?

Albatta, bo'ladi. Inson hayotini doimiy qiladigan ishlari odatlar deyiladi. Bir odatni shakllantirish uchun 21 kun yetarli hisoblanadi. Biz ham o'zimizda shu odatni shakllantirish uchun bir loyihaga qo'l urdik.

Kutib oling, "Kitoblarga qaytamiz" marafoni!

Bu marafon doirasida:

har kunlik mutolaa;
tavsiya qilinadigan adabiyotlar;
kitobxonlik muhiti;
ustozlar bilan suhbat;
test sinovlar, g'oliblarga sovg'alar.

Olovchalar qoldirib turishingiz mumkin.

@kitobdoshlar_jamiyati
14.3K views03:53
Ochish/sharhlash
2024-04-20 21:03:05
Ilm yo‘lida qilingan xizmatlar o‘z natijasini bermoqda!

AIMO – Asia International Mathematical Olympiad 2024 National Round UZBEKISTAN Results!

Osiyo Xalqaro matematika Olimpiadasi O‘zbekiston milliy saralash bosqichi natijalariga ko‘ra, Yuksalish maktabi Chirchiq filiali o‘quvchilari quyidagi faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar:

1. G'afforov S. – 1-o‘rin
2. Normurodov J. - 3-o‘rin
3. Mahmudjonov D. – 3-o‘rin
4. Akbarov A. – 3-o‘rin
5. Abdumannonov D. – 3-o‘rin
6. Rahmonqulov T. – 3-o‘rin
7. Baxodir I. – 4-o‘rin
8. Abdurashidov A. - 4-o‘rin
9. Olimov B. - 4-o‘rin

2024-yil avgust oyida Janubiy Koreyada o‘tkaziladigan final bosqichiga yo‘llanma olgan 1 va 3-o‘rin sohiblariga omad tilaymiz!

O‘quvchilarning taʼlim-tarbiya olishida xizmat qilib kelayotgan ota-onalari, ustozlari hamda Chirchiq filiali jamoasiga alohida minnatdorchilik bildiramiz!

YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!

  +998955070808
@Yuksalish_maktablari_Chirchiq

Telegram | Instagram
Youtube
15.2K views18:03
Ochish/sharhlash
2024-04-20 12:28:32
Bolalik

Beg'ubor bolajonlarning quvonchini ko'rish eng yoqimli hislardan biri.

Qachonlardir biz ham shunday beg'am, betashvish yugurib yurganmiz.

@Muhammadali_Eshonqulov
13.0K viewsedited  09:28
Ochish/sharhlash
2024-04-18 18:26:40
Yuksalish Research loyihasida Ibn Sino izdoshlari!

O‘z kelajagini tibbiyot sohasida ko‘rayotgan Yuksalish maktabi 6-sinf o‘quvchilari Ergasheva Madinabonu va Rahmonova Nigina ilk tadqiqotlarini ayni shu sohada boshladilar.

Maktab o‘quvchilari, ya’ni tengdoshlarining biologiya fanini o‘rganish jarayonini qiziqarli borishi uchun “Anatomy book” (“Anatomiya kitobi”) tayyorladilar.

Yosh tadqiqotchilarimizni quvontirgan narsa nima ekanligiga lavha orqali ko‘rishingiz mumkin.

Siz ham ushbu loyiha rivojiga o'z hissangizni qo‘shishingiz mumkin:

1. 9860170101665793 (Salohiddin Abduxakimov)
2. 4073420010021859 (Arsen Yomgirov (viza/humo)

Manfaatsiz jonli efirlar bilan yurtdoshlarimizning qimmatli vaqtlarini olayotgan tiktokerlarga necha minglab dollar mablag‘ donat qilinayotgan bir zamonda ilm-fan yo‘lida izlanish qilayotgan bu umidli yosh tadqiqotchilarimizni qo‘llab-quvvatlaydiganlar, albatta, topiladi, deb ishonamiz.

Yuksalish Research – yaxshiroq dunyo uchun!
13.0K views15:26
Ochish/sharhlash
2024-04-17 19:32:38
Ajoyib xushxabar bilan bo’lishmoqchimiz!

Biz tug’ilib o’sgan diyorda ko’ngilli yoshlarimiz xolislikni niyat qilib, kutubxona ochishibdi. ALLOH Ta’olo boshlagan bu xayrli ishlariga xayr-u barakotlar bersin!

Qisqa vaqt ichida kitoblar soni 700 dan oshibdi, foydalanuvchilar soni 200 ga yaqinlashibdi.

Kitobxonlarning nafaqat shu qishloq alohisi, balki qo'shni qishloq va mahallalardan, hattoki tumanimiz markazi, uzoq hududlaridan ham a'zoliklari boshlandi.

Oʻtgan vaqt davomida kutubxonani tashlab qoʻymagan va yelkama yelka turib ushbu kutubxona uchun jon kuydirgan barchaga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Siz ham ushbu kutubxona rivoji, ilm gurkirashi uchun o'z hissangizni qo'shing.

Homiylik uchun karta raqami:
9860010501340110
Malikov Oloviddin nomida


Tushgan pullarga kitoblar xarid qilinadi va kutubxonamiz kengaytiriladi.

Tashrif buyuring, kitob o'qing, ehson qiling, bu xabarni ko'pchilikka yetkazing, dalolat qiling!

Kutubxona manzili:
Jizzax viloyati, Baxmal tumani, Navbahor MFY, Do'smat qishlog'i, 173-uy. Zayniddin Muhammadiyevlar xonadoni.

Kutubxona guruhiga obuna bo’ling:
https://t.me/+PkT3bKt1N7k1YjFi
14.1K viewsedited  16:32
Ochish/sharhlash
2024-04-16 19:05:51
Yuksalish Research loyihasining yana bir tadqiqotchisi bilan tanishing!

Robototexnika, elektronika sohalariga qiziquvchi, bir qancha ixtirolar egasi va tanlovlar g‘olibi Yuksalish maktabi 8-sinf o‘quvchisi Tuyg‘unov Abdurahmon aviatsiya va aerodinamika yo‘nalishlari bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda.

Yosh kashfiyotchimiz yasagan dron qanchalik muvaffaqiyatli parvoz qila oldi yoki yo‘q? Lavha orqali batafsil bilib olishingiz mumkin.

Siz ham ushbu loyiha rivojiga o'z hissangizni qo‘shishingiz mumkin:

1. 9860170101665793 (Salohiddin Abduxakimov)
2. 4073420010021859 (Arsen Yomgirov (viza/humo)

Manfaatsiz jonli efirlar bilan yurtdoshlarimizning qimmatli vaqtlarini olayotgan tiktokerlarga necha minglab dollar mablag‘ donat qilinayotgan bir zamonda ilm-fan yo‘lida izlanish qilayotgan bu umidli yosh tadqiqotchilarimizni qo‘llab-quvvatlaydiganlar, albatta, topiladi, deb ishonamiz.

Yuksalish Research – yaxshiroq dunyo uchun!
15.8K viewsedited  16:05
Ochish/sharhlash