Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda bugundan yozgi transfer oynasi ochildi. Husniddi | Zuhriddin Qilichev

O‘zbekistonda bugundan yozgi transfer oynasi ochildi. Husniddin G‘ofurov “So‘g‘diyona”ga o‘tdi. Doston Hamdamov “Paxtakor”ga qaytdi. Anvarjon (Husniddin) G‘ofurov “Metallurg” bilan kelishuvga erishdi. Baʼzi saytlar ular bugun maydonga tushishi mumkinligi yozishdi. PFL maʼlum qilishicha faqat ikkinchi davradan yangi o‘yinchilarga maydonga tushishga ruxsat berilarkan.

Yana bir holat, 2022-yilgi mavsumda futbol klubi yozgi transfer oynasida 5 nafardan ortiq bo‘lmagan yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin ekani ko‘rsatib o‘tilgan. Bunda klub tomonidan ijaraga olinayotgan futbolchi ham yangi futbolchi sifatida qayd etiladi.

Agar klub 2000-yil va undan kichik yoshdagi yangi futbolchi bilan (darvozabon uchun 1999-yil) shartnoma imzolasa, mazkur futbolchi yuqoridagi limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

@zuhriddin_qilich