Get Mystery Box with random crypto!

Buyuk Turg‘unlik nomini olgan dunyo iqtisodiy inqirozi 1929-yi | Zoomrad

Buyuk Turg‘unlik nomini olgan dunyo iqtisodiy inqirozi 1929-yilda AQShda boshlandi va 30-yillarning oxirigacha davom etdi. Bank tizimining qulashi inqirozning bir qismi bo‘lgandi. 1930-yilning oxirida bir qator yirik banklarning bankrotligi umumiy vahimaga va maydaroq mintaqaviy banklarning bankrotligiga olib keldi. Odamlar barravariga o‘z jamg‘armalarini qaytarib ola boshladilar.

Banklar birin-ketin bankrot bo‘laverdi. Bank tizimini barqarorlashtirish uchun 1933-yilda Glass-Stigolla qonuni qabul qilindi. Uning qoidalari orasida Depozitlarni sug‘urtalash federal korporatsiyasini (Federal Deposit Insurance Corporation) tuzish bor edi. Avval-boshdan eng yuqori sug‘urta qoplashini $2500 darajasida belgilashdi.

#zoomradfaktlar