Get Mystery Box with random crypto!

1949-yilda Frenk Maknamara Nyu-Yorkdagi restoranlardan birida | Zoomrad

1949-yilda Frenk Maknamara Nyu-Yorkdagi restoranlardan birida o‘zining tanishi bilan kechki ovqatda edi. Pul to‘lash vaqti kelganida, u hamyonini boshqa kostyumida unutib qoldirganini payqab qoldi. Shu voqeadan so‘ng, Maknamarada naqd pullarning tashvishini tortmay, turli joylarda to‘lov qilish mumkin bo‘lgan to‘lov kartasini yaratish g‘oyasi paydo bo‘ldi.

1950-yilda u va biznes sheriklari Snayder, Simmons va Blumingdeyl Diners Club kompaniyasini tuzishdi. Bu klub a’zolariga ular klubning sherik muassasalarida pul to‘lashi mumkin bo‘lgan kartochkalar berilardi. Ularning hisoblarini Diners Club to‘lab berardi. Oy oxirida klub ishtirokchilari ko‘chirmalar olishar va o‘z qarzlarini yopishlari shart edi.

Maknamara kredit kartasining birinchi ixtirochisi emasdi. 1946-yilda Bruklinlik bankir Jon Biggins o‘z bankiga mijozlarni jalb etish uchun kredit kartasidan foydalanish tizimini o‘ylab topdi: bank mijozlari sherik do‘konlarda mayda xaridlarga to‘lash uchun faqat kartadan foydalanishardi. Ular do‘konga tilxat qoldirishar, do‘kon bu tilxatlarni bankka taqdim etardi. Bank mijozlarning xaridlariga to‘lov o‘tkazar, keyin esa ularga hisobni taqdim etardi. Garchi bu sxema o‘z davrining ajoyib ixtirosi bo‘lsada, o‘sha paytda keng tarqalmadi.

#zoomradfaktlar