Get Mystery Box with random crypto!

Ayol go'zalligi.... Tim Piper ismli bola umri davomida o'g'il | ZσƙιɾOFF

Ayol go'zalligi....
Tim Piper ismli bola umri davomida o'g'il bolalar ichida ulg'aydi: faqat o'g'il bolalar o'qiydigan maktabda ta'lim oldi va yashadi. U maktabni bitirish chog'larida, qizlarni juda kam ko'rar va ularning go'zalligidan lol qolardi. Maktabni bitirgandan so'ng, bir nechta qizlar bilan tanishdi. Lekin, Tim ularning o'zini tutishidan hayron qoldi. Ular har doim yanada go'zal bo'lishga intilar: bittasi sochi juda tekis ekanligidan nolisa, boshqasi ko'zlari unaqa yorqin emasligidan va boshqasi esa vaznidan nolirdi. Lekin, Timga ularning barchasi shundoq ham chiroyli ko'rinardi. Bir nechta qizlardan bu haqida so'rab ko'rgandan so'ng, Tim barchasiga media sababchi ekanligini angladi. Nega? Chunki media yillar davomida qizlarga ular unaqa chiroyli emasligini uqtirib keldi va alal oqibat qizlar bunga ishonishdi. Mediada va ijtimoiy tarmoqlarda modellar paydo bo'ldi va ularning hammasi bo'ylari baland, ozg'in, terisi mayin va oppoq tishlarga ega ayollar. Shundan so'ng, qizlarda o'zlarini go'zalligiga shubha paydo bo'ldi va buni barchasi kosmetika sanoatini rivoji va ko'proq daromad maqsadidagi habarlar edi xolos va rostan ham agar qizlarga go'zal ayol aslida qanday bo'lishi kerakligi uqtirilmaganda edi hozir milliard dollarlik kosmetika sanoati bo'lmasdi. Chunonchi, statistikaga ko'ra, atigi 2% qizlar o'zini rosmana go'zal deb hisoblar ekan. Bunga esa aqlga sig'maydigan darajada go'zal ayol qanday bo'lishi kerak ekanligi haqida qarash yuzaga keltirgan media aybdor. Qizlar qancha harakat qilsa ham ularga kamdek tuyulardi. Qora sochli qizlar o'zini sariq sochli bo'lishini, tekis sochli qizlar o'zlarini jingalak sochli bo'lishini hohlaydi. Vaholanki, aslida esa mediada ko'rinish bergan modellar go'zalligi haqiyqiy go'zallik emas ekanligini tushunadigan vaqt keldi va fikrimcha go'zallik bu o'zingiz qanday bo'lsangiz shunday bo'lishda. O'zgarishni aslida keragi yo'q.

Sizning kosmetolog do'stingiz:
@zokiroffpost