Get Mystery Box with random crypto!

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari | Level-up o'quv markazi

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori bilan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilgan.

Mazkur qaror asosida 2022-yil 25-27-noyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkaziladi.

Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 24-oktabrdan 12-noyabrga qadar amalga oshiriladi.

Bunda talabgorlar test topshirish hududi sifatida o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlashlari va mazkur hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, talabgorlar test topshirish tili sifatida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini tanlab, mazkur tilda imtihon topshirish imkoniyatiga ega.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Mazkur sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirishda quyidagicha ballar beriladi:

eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigacha to‘plaganlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

eng yuqori ballning 86 foizi va undan yuqori ball to‘plaganlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball;

tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube