Get Mystery Box with random crypto!

Inson doimo kòp narsani kech anglaydi, òtib ketgan kunlarni ha | Beautiful life🤗

Inson doimo kòp narsani kech anglaydi, òtib ketgan kunlarni ham afsuski kech qadrlaymiz. Bugungi kunim maktab xotiralarimni esimga soldi. Yaqin dugonamning uyiga borib eshikni ochish uchun eshik ruchkasini ushlar ekanman ichimdan qandaydir tuyģu hukmronlik qildi. Xuddi maktabga ketish uchun chaqirayotgan, òzinikidek bòlib qòlgan uyga kirayotgan òsha oldingi qizcha qaytib kelgandek. Mazza qilib suhbatlashdik, kulishdik vaqt belgilanib qòyilgandik yana ajralishdik. Soģindim... maktab davrimni, dugonalarim bilan bòlgan jamiki hazil-huzilu, ishkallarni barchasini soģindim. Bilaman u kunga qaytib bòlmaydi, u ham bir davr bòlib tarixga muhrlandi, lekin shu aniqki: bugungi kunimiz ham ertaga mana shunday tarix bòlib eslanadi va bugungi kunga ham qaytgimiz keladi. Manimcha u kun kelinlikka qadam qòyganimizda kòproq sezilsa kerak, yana bilmadim..
Eh mayli, Hayrli tun!