Get Mystery Box with random crypto!

QACHON QANOAT QILAMIZ? Uylanganlar: «Qaniydi uylanmagan bo'ls | Beautiful life🤗

QACHON QANOAT QILAMIZ?

Uylanganlar: «Qaniydi uylanmagan bo'lsam», deydi.

Bo'ydoqlar: «Qachon uylanib, tinchir ekanman», deydi.

Boylar: «Qaniydi tinch, xotirjam bo'lsam», deydi.

Kambag'allar: «Qaniydi boy-badavlat yashasam», deydi.

Keksalar: «Qaniydi yoshlik bir kunginaga qaytib kelsa», deydi.

YOshlar: «Qaniydi yosh bola bo'lib qolsam-da, g'amim faqat o'ynash bo'lsa», deydi.

Bolalar: «Qachon ulg'ayar ekanman», deydi.

Tiriklar: «Qani edi o'lib, bu dunyoning g'am-tashvishlaridan qutulsam», deydi.

O'lganlar: «Qaniydi yana hayotga qaytib, qo'ldan boy bergan narsamni to'ldirsam», deydi.

Kechirasiz-u, birodarlar, qachon qanoat qilamiz?