Get Mystery Box with random crypto!

Zarnews.uz

Telegram kanalining logotibi zarnews_uz — Zarnews.uz Z
Telegram kanalining logotibi zarnews_uz — Zarnews.uz
Kanal manzili: @zarnews_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15.77K
Kanalning ta’rifi

Самарқанд вилоят ZarNews.uz веб-сайти.
Тезкор, холис, ишончли!
Сайт: http://zarnews.uz
info@zarnews.uz
http://facebook.com/zarnews.uz/
https://www.instagram.com/zarnews.uz/
Реклама ва мурожаатлар👉 @zarafshonbot
📞 998662339159
📞 998662339156

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-05-13 07:37:01 Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Samarqand viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi: Narpay tumani davlat arxivi direktori;

Samarqand viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi: Tashkilot va idoralarda sport va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish shu'basi bosh mutaхassisi;

Ishtixon tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: Tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta'minlashga ko'maklashish, kasb-hunarga o'qitishni tashkil etish va tashkiliy nazorat bo'yicha yetakchi mutaхassisi;

Narpay tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: Tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta'minlashga ko'maklashish, kasb-hunarga o'qitishni tashkil etish va tashkiliy nazorat bo'yicha yetakchi mutaхassisi;

Qo‘shrabot tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: Tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta'minlashga ko'maklashish, kasb-hunarga o'qitishni tashkil etish va tashkiliy nazorat bo'yicha yetakchi mutaхassisi;

Urgut tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va «Ayollar daftari»ga kiritilgan хotin-qizlar bilan ishlash bo'yicha yetakchi mutaхassis;

Arizalar 15.05.2023-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

@Zarnews_uz
1.9K views04:37
Ochish/sharhlash
2023-05-13 06:45:37
Етти нафар боксчимиз финалда, икки нафарида эса бронза!

Кеча бокс бўйича жаҳон чемпионатининг ўн иккинчи кунидан ўрин олган жанглар бўлиб ўтди.

Кун давомида 9 нафар боксчимиз финал йўлида рингга кўтарилди:

-54 кг: Ойбек Жўраев - Дмитрий Двали 5:2

-67 кг: Асадхўжа Мўйдинхўжаев - Мишеелт Баттумур 5:0

-75 кг: Аълохон Абдуллаев - Вандерлей Перейра 1:4

-92 кг Лазизбек Муллажонов - Муслим Гажимагомедов 1:4

-51 кг: Ҳасанбой Дўсматов - Мартин Молина 5:0

-57 кг: Абдумалик Халoков - Мунарбек Сеитбек Уулу (1-раунд, КО-ТКО)

-63,5 кг: Руслан Абдуллаев - Хованец Бачков 5:0

-71 кг: Саиджамшид Жаъфаров - Вандерсон Де-Оливейра 4:1

+92 кг: Баҳодир Жалолов - Аюб Гадфа Дрисси (Рақиб жароҳат сабаб рингга чиқмади).

Шундай қилиб, тўққиз нафар боксчимиздан етти нафари финалга йўл олди, икки нафари бронза билан чекланди.

Бугун, 13 май куни ЖЧ финалида 3 нафар боксчимиз — Асадхўжа Мўйдинхўжаев, Ҳасанбой Дўсматов, Баҳодир Жалолов рингга кўтарилади.

Жанглар соат 17:00 дан бошланади.

@Zarnews_uz
2.7K views03:45
Ochish/sharhlash
2023-05-13 06:18:02
Сайёр қабул бошланди

Айни пайтда Самарқанд шаҳридаги «Ватанпарвар» боғида вилоят ҳокими Эркинжон Турдимовнинг навбатдаги сайёр қабули ўтказилмоқда.

Соат 08:00 ҳолатида мазкур қабулда ўз муаммолари, таклиф ва мулоҳазалари билан 105 нафар фуқаро рўйхатдан ўтди.

———

Sayyor qabul boshlandi

Ayni paytda Samarqand shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazilmoqda.

Soat 08:00 holatida mazkur qabulda o`z muammolari, taklif va mulohazalari bilan 105 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tdi.
2.7K views03:18
Ochish/sharhlash
2023-05-13 06:03:11 "Zarafshon" gazetasining 2023-yil 13-may kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
Bugungi sonda:

- Samarqand - YTTB "Yashil shaharlar" dasturi a'zosi;

- Yoshlar nega kitob o‘qimay qo‘ydi?;

- Oromgohlardagi muammolar ta'tilgacha hal bo‘ladimi?;

- Firibgarlik jinoyati ko‘paygan, o‘g‘irlik ham
.

Shuningdek, unda “Zarafshon” muxbirlari tayyorlagan yangiliklar, jamiyatda uchrayotgan illatlar haqidagi maqolalar chop etilgan.

Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.
2.7K views03:03
Ochish/sharhlash
2023-05-13 05:42:00
Темир йўл транспортидан бир кунда ўртача нечта йўловчи фойдаланади?

Статистика агентлигининг дастлабки маълумотига кўра, 2023 йил январь-март ойларида Ўзбекистон Республикаси бўйича умумий фойдаланишдаги магистрал темир йўл транспорти орқали 2,5 млн. йўловчи ташилган.

Йўловчи ташиш ҳажми 2022 йилнинг мос даври билан солиштирилганда 402 мингтага ошган.

2023 йил январь-март ойларида бир кунда ўртача 27,8 минг нафар йўловчи темир йўл транспортидан фойдаланган.

Бу кўрсаткич 2022 йилнинг мос даври билан солиштирилганда 4,5 мингтага ошган.

————————-

Temir yo‘l transportidan bir kunda o‘rtacha nechta yo‘lovchi foydalanadi?

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yo‘l transporti orqali 2,5 mln yo‘lovchi tashilgan.

Yo‘lovchi tashish hajmi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 402 mingtaga oshgan.

2023 yil yanvar-mart oylarida bir kunda o‘rtacha 27,8 ming nafar yo‘lovchi temir yo‘l transportidan foydalangan.

Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,5 mingtaga oshgan.

@Zarnews_uz
2.7K views02:42
Ochish/sharhlash
2023-05-13 05:01:23
Tonggi tarona

Tutash taqdirlar”.

Taniqli estrada xonandasi Shuhrat Daryo ijrosida.

@Zarnews_uz
3.4K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-05-13 04:15:07
Xayrli tong, azizlar!

Har bir neʼmat qadri

Baxtni his etish uchun gʻam-tashvish chekib koʻrish kerak.

Yutuqni qoʻlga kiritish uchun muvaffaqiyatsizlikni boshdan oʻtkazib koʻrish kerak.

Yaxshilikni ajratib olish uchun yomonlikka nazar solib koʻrish kerak.

Gʻalabani his etish uchun magʻlubiyatga uchrab koʻrish kerak.

Huzur-halovatni his etish uchun ogʻriqni tatib koʻrish kerak.

Demak, har bir neʼmatning qadriga yetish uchun undan mahrum boʻlib koʻrish lozim. Ular boʻlmaganida hech narsaning qadr-qimmatini his etmagan boʻlar edik.

@Zarnews_uz
3.9K views01:15
Ochish/sharhlash
2023-05-12 20:39:01
#Ўқинг_қизиқ!
Қайси мамлакатларда шифокорлар ва ҳамширалар кўп?

Бугун, 12 май - Бутунжаҳон ҳамширалар куни муносабати билан БМТ томонидан эълон қилинган, ЖССТнинг сўнгги маълумотлари асосида шаклланган аҳолининг умумий сони, шунингдек, 1000 нафарига тўғри келадиган шифокорлар, ҳамширалар ва доялар сони бўйича етакчи ўринда турадиган давлатларга тўхталамиз.

————

#Oʻqing_qiziq!
Qaysi mamlakatlarda shifokorlar va hamshiralar koʻp?

Bugun, 12-may - Butunjahon hamshiralar kuni munosabati bilan BMT tomonidan eʼlon qilingan, JSSTning soʻnggi maʼlumotlari asosida shakllangan aholining umumiy soni, shuningdek, 1000 nafariga toʻgʻri keladigan shifokorlar, hamshiralar va doyalar soni boʻyicha yetakchi oʻrinda turadigan davlatlarga toʻxtalamiz.

Batafsil https://zarnews.uz/h7g

Kanalga qoʻshiling:

Telegram | Facebook | Youtube
3.8K views17:39
Ochish/sharhlash
2023-05-12 19:59:02
O‘zLiDeP Сиёсий кенгаши Шавкат Мирзиёев номзодини президентликка кўрсатишни қўллаб-қувватлади

Бугун, 12 май куни Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон Либерал-демократик партияси Сиёсий кенгашининг навбатдаги мажлиси бўлиб ўтди.

Мажлисда муддатидан илгари ўтадиган президентлик сайловида O‘zLiDePнинг иштироки ва партиянинг навбатдаги съездида партиядан кўрсатиладиган номзод масаласи муҳокама қилинди.

O‘zLiDeP Сиёсий кенгаши аъзолари Шавкат Миромонович Мирзиёев номзодини Ўзбекистон Республикаси Президентлигига кўрсатиш масаласини навбатдаги партия съезди муҳокамасига киритилишини бир овоздан қўллаб-қувватладилар.

@Zarnews_uz
4.2K views16:59
Ochish/sharhlash
2023-05-11 11:02:08
Магнит бўронлари нима? Унинг ер юзига қандай таъсири бор?

Кейинги пайтларда ижтимоий тармоқларда жорий йилнинг 1-11 май кунлари Қуёш юзасида содир бўлаётган портлашлар туфайли ер юзини магнит тўлқинлари қоплаб олиши ҳақидаги маълумотлар кўпайиб қолди.

———

Magnit bo‘ronlari nima? Uning yer yuziga qanday taʼsiri bor?

Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 1-11 may kunlari Quyosh yuzasida sodir bo‘layotgan portlashlar tufayli yer yuzini magnit to‘lqinlari qoplab olishi haqidagi maʼlumotlar ko‘payib qoldi.

Batafsil https://zarnews.uz/wzy2

Kanalga qoʻshiling:

Telegram | Facebook | Youtube
1.3K views08:02
Ochish/sharhlash