Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahrida qurilishda ishlovchi 40 yoshli erkak 3 qavat | ZARAFSHON 24 | RASMIY KANAL

Toshkent shahrida qurilishda ishlovchi 40 yoshli erkak 3 qavatdan sakradi

Maʼlum qilinishicha, asli navoiylik boʻlgan erkak poytaxtdagi qurilish firmalaridan birida ishlab kelgan. Ish joyida hamkasblari bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilgan. Buning oqibatida u 3-qavatdan pastga sakragan. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Shundan soʻng u doʻsti hamrohligida shifoxonaga olib kelingan. Bemor avvaliga shifokorlarga koʻchada yiqilib tushganini aytgan. Tibbiy koʻrik va uning natijasidan soʻng esa u uchinchi qavatdan yiqilgani maʼlum boʻlgan.

“Rentgen tekshiruvlaridan oʻtkizganimizda oʻng son suyagi yuqori uchligidan yopiq maydalanib sinib, suyak boʻlaklari siljishi, chap tovon suyak yopiq sinib, qoniqarli turishi aniqlandi. Buning natijasida biz oʻng son suyagini sklet tortuv tizimiga qoʻyib qoʻydik. Chap oyogʻiga tizzagacha gips bogʻlab qoʻydik. Bemorning shishishlari qaytgach operatsiya oʻtkazish rejalashtirildi. Hozirda uning ahvoli oʻrta ogʻirlikda”, deydi shifokor.

@zarafshon24uz