Get Mystery Box with random crypto!

MAHMUD HASANIY BARCHA DO'STLARIMGA        BAYRAM TABRIGI Jo | Zamira Buvining Ertaklari🌜

MAHMUD HASANIY

BARCHA DO'STLARIMGA
       BAYRAM TABRIGI

Jondan aziz bu Vatan,
O'ttiz birga kiribdi.
Olamlarga nur sochib,
Yashnab kulib turibdi.

Vatanni yashnashiga,
Bordir sizning hissangiz.
Sizlarni maqtayversam,
Tugamaydi qissangiz.

Muborak bo'lsin sizga,
Yurtning o'ttiz bir yoshi.
Kulib boqsin hamisha,
Sizga iqbol quyoshi.

Ahli oila bilan,
Istiqlolda bor bo'ling.
Yashnagan yurt ichida,
Istiqbolda bor bo'ling.

Yillar o'tib Vatanda,
Sog'u omon yashaylik.
Mehru muhabbat oshin,
Birgalikda oshaulik!

Ona yurt O'zbekiston,
Baxtu iqbolga to'lsin.
Uning baxtyor xalqi,
Doimo omon bo'lsin!

@ZamiraBuvi - Farzandlarimizning ma'naviyatini boyituvchi kanal.