Get Mystery Box with random crypto!

'Besh tashabbus' olimpiadasi doirasidagi Mahallalar o‘rtasida | Zakovat Quiz

"Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi Mahallalar o‘rtasida "Zakovat" turnirida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

zakovatklubi.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan ushbu videoda batafsil tanishishingiz mumkin.

Turnir sentabr oyida boshlanib, jamoalar 5 bosqichda (mahalla, sektor, tuman, hudud va respublika) bellashadi. Turnir finali dekabrda bo‘lib o‘tadi.

Turnir g‘oliblari quyidagi miqdorda mukofotlanadi:

1-o‘rin - 100 mln so‘m;
2-o‘rin - 60 mln so‘m;
3-o‘rin - 40 mln so‘m.

Eslatma: Turnirda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan aholi vakillari ishtirok etishi mumkin.

PS: Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, sizni jamoaga biriktirishi uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisi bilan bog‘lanishni unutmang.

@zakovat