Get Mystery Box with random crypto!

#serial_1 #breaking_bad Breaking Bad - oʻpka saratoniga chali | Zakovator

#serial_1
#breaking_bad

Breaking Bad - oʻpka saratoniga chalingan, kimyo oʻqituvchisi Walter White bilan sodir boʻladigan voqealar haqida hikoya qiladi. U oʻlimidan oldin xotini, oyogʻida nuqsoni bor oʻgʻli va tugʻilachak farzandini pul bilan taʼminlash maqsadida, kayfga berilib, koʻknoriga oʻrgangan sobiq oʻquvchisi Jesse Pinkman bilan birga, kimyoga oid bilimlarini ishga solib metamfetamin tayyorlash va sotish orqali jinoiy hayotga qadam qoʻyadi. Serial 5-mavsum, 62 qismdan iborat.

Kasal odamga pul kerak, Walter ham oʻz sohasini yaxshi bilgani uchun "pul qilish" yoʻlini tanlashga rozi boʻldi. Toʻgʻrisi kimyo sohasida oʻqiyotganim uchun atmosferaga yaxshigina oʻrganib qoldim! Birinchi mavsum endi tugadi, baho berishga hali erta! Lekin, voqealar shu ketishda borsa, koʻp narsa kutyapman oxiridan. Katta ehtimol boshqa serialga chalgʻib ketib qolmasam oyni oxiriga tugab qolishi mumkin.

Zakovator