Get Mystery Box with random crypto!

#CODA Kechasi uyqim qochib, 2021-yil Oskarga munosib koʻrilga | Zakovator

#CODA

Kechasi uyqim qochib, 2021-yil Oskarga munosib koʻrilgan filmni koʻrib chiqdim, filmni bir ogʻiz soʻz bilan taʼriflasam CODA (Children Of Deaf Adults) - musiqadan zavq olishni istasan kar ekanliging toʻsqinlik qila olmaydi, shunchaki musiqa toʻlqinlarini tanang bilan his etsang yetadi.

Borgan sari filmlar oʻzgarib bormoqda, bunga sabab jamiyatdagi oʻzgarishlar. Kamdan-kam filmlar 18+ sahnalarsiz muvaffaqiyatga erishadigan davrga allaqachon qadam qoʻyganmiz! Voy desak ham dod desak ham bu kabi sahnalar oʻzbek kinomatografiyasining ajralmas falsafasiga aylanishga ulgurmoqda. Rejissyorlar nima qilsin xalq talab qilib turgandan keyin, ular ham sarflagan pulini chiqazib olish niyatida. Nima koʻrish kerak bilmay qoldi odam. Multfilm koʻray desam ham, multfilmlar ham aynigan! Oxirgi koʻrganim "Bazz yorqin yulduz", mafkurafurishlar endi animatsiyalarni ham jirkanchlashtirishni boshladi. Kitobdan qoʻymasin insonlar...

Masalan, CODA manga yoqmadi. Tamom.

Zakovator