Get Mystery Box with random crypto!

Jahon bozoriga chiqib borayotgan IT kompaniya rahbari sifatida | Zafar Ibrohimov

Jahon bozoriga chiqib borayotgan IT kompaniya rahbari sifatida orzularim katta. Oʻzbek IT xizmatlarini dunyoga olib chiqish. Yetishib chiqayotgan oʻn minglab mutaxassislarga jahon bozoriga chiqishda lokomotiv boʻlish.

Ammo, eng katta qoʻrquvim mana shu videoda aytilgan chuqur maʼnodagi nadomat.

Ertaga mutaxassislarimiz keng koʻlamda jahon yuzini koʻrganida boʻlar-boʻlmas qiliqlarimiz, past darajadagi biznes etikamiz, dunyo qarashimiz, va no-professional harakatlarimiz orqalik “Oʻzbek ITishnigi” degan kartinani notoʻgʻri chizib qoʻyishimiz ehtimoli juda katta ekanligi. Bizga ham jahon IT bozori “siltab” muomala qilishi darajasiga tushib qolish. Shundan qoʻrqaman.

Men-ku oʻz kompaniyam va xodimlarni nazorat qila olarman, lekin butun millatni bozorda oʻzini tutishini hech bir shaxs nazorat qila olmaydi. Faqat oʻzimizni oʻzimiz nazorat qilishimiz shart!

Hozirdan biznes madaniyatni oʻrganishimiz kerak.

@ZafarbekIbrohimov