Get Mystery Box with random crypto!

6-sinfgacha maktabda 3 ga oʻqir edim. Domlalar chorak baholari | Zafar Ibrohimov

6-sinfgacha maktabda 3 ga oʻqir edim. Domlalar chorak baholarimga 4 qoʻyib berish uchun har-hil tadbirlarda qatnashishga majbur qilishar edi, masalan Navroʻzda ashula aytish yoki yangi yilda qorbobo boʻlish. Ayniqsa matematika va Ingliz tilim juda yomon edi. Men odam boʻlmasam kerak deb oʻylardim.

6-sinfda hatto kasr sonlarni qoʻshishni va ayirishni bilmas edim. Buni osha paytdagi sinfdoshlarim yaxshi bilishadi.

Ota-onamning tashabbusi bilan 7-sinfda maktab oʻzgartirganman. Ixtisoslashgan maktab internatga oʻtdim. Oʻsha yili yozda maktab internatga kiraman deb qattiq tayyorlanganim esimda.

7-sinfdan natijalar butunlay oʻzgardi. Baholar 5 boʻldi. Oʻqishga qiziqishim oshdi. Keyingi yillarda matematika va Ingliz tilidan sinfda oldiga chiqdim. Baʼzi fanlardan fan olimpiadalariga bordim, oʻrin ham oldim! Sinfda birgina men darslar Ingliz tilida oʻtiladigan oliygohga kirdim, Westminster! Aʼlo baholar bilan tugatdim universitetni.

Keyinchalik esa sinfdoshlar orasida faqatgina men AQSHda Magistratura oʻqib keldim. Matematika va Ingliz tilim yaxshi ekanligidan, yetuk IT mutaxassisi boʻla oldim (deb oʻylayman). Hozirda esa salkam 40 ta IT xodimiga ega, oʻsib borayotgan IT kompaniya rahbariman. Undan tashqari daromad koʻlami boʻycha Oʻzbekiston hududidan #1 raqamli IT frilanser ham hisoblanaman. 6-sinfgacha meni oʻqitgan ustozlarimni koʻpchiligi haligacha shokda.)

Aytmoqchi boʻlganim, bu post ota-onalar uchun. Bolalarimiz maktabda yaxshi oʻqimasa hadeb uni koyiyvermasdan, maktabini, ustozlarini almashtirish varianti haqida ham oʻylab koʻrishimiz kerak. Nega 5 baho olmading deb koyiyversak, 5 olish uchun qorbobo yoki xonandalik qilishi mumkin maktabda. )

Oʻsha 7 sinfdagi maktab oʻzgarishi hayotimning eng keskin burishlaridan biri. Undan keyingi yutuqlar Allohdan, sababchisi esa ota-onam. Allohga hamdlar, ota-onam esa oʻsha qarorlari uchun rahmat deb qolaman!

@ZafarbekIbrohimov