Get Mystery Box with random crypto!

Katta kompaniyaga ishlagan yaxshiroqmi yoki yaxshi yoʻlga qoʻy | Zafar Ibrohimov

Katta kompaniyaga ishlagan yaxshiroqmi yoki yaxshi yoʻlga qoʻyilgan kichikroq kompaniyaga?

Koʻpchilik “brand” yoki “status” uchun katta kompaniyani afzal koʻradi, ammo shaxsan menga yaxshi yoʻlga qoʻyilgan kichikroq kompaniyalar koʻproq yoqadi. Ikkalasida ham ishlab koʻrganman.

Katta kompaniyada siz katta bir mashinani kichik bir qismi boʻlasiz, borligingiz yoki yoʻqligingiz uncha sezilmaydi. Ketsangiz ham hech kim eslamaydi, odam koʻp, keldi-ketdi koʻp. Menejmentga unchalik yaqin boʻlmaysiz. Tanigan eng yaqin rahbaringiz oʻzingizga toʻgʻridan toʻgʻri boshliqlik qiluvchi menejer. Hamma narsa bir maromida, sokin, intensity kam.

Yaxshi yoʻlga qoʻyilgan kichik jamoalarda esa “growth” mindset boʻladi, ular koʻproq aktiv boʻlishadi. Oʻsamiz, oʻtib ketamiz, ulguramiz, qila olamiz kabi doimiy shiddat bor. Hamma bir-birini taniydi. Bir oiladek. Kompaniya egasi va eng katta rahbar bilan hatto yaqin doʻst ham boʻla olishingiz mumkin.

Kultura va muhit eng muhim omillar deb bilaman.

Siz qanday fikrdasiz?

@Zafarbek