Get Mystery Box with random crypto!

Shunchaki qil(ma)! Shunchaki qil! Hamma narsani esingdan chiq | Yusupov's mind | Blog

Shunchaki qil(ma)!

Shunchaki qil! Hamma narsani esingdan chiqar, hech narsani o’ylama, shunchaki bajar bo’ldi. Bu gaplar hammamizda yod bo’lib ketgan. Ko’chada ketayotgan “Luboy” insonni to’xtatib so’rasang, bu gaplarni aytib bera oladi. Ammo savol tug’iladi, shunchaki bajarish to’g’rimi? Hamma narsaga yechim bo’la oladimi?

Yechim bo’lish bo’lmasligini bilmadim-ku, ammo, yetarlicha muammo bo’la olishi aniq. Ukam
«Просто делай, делай просто» nomli kitobni o’qib, uning muallifining ajoyib gapini aytib berdi. Uning fikricha “Shunchaki qilish, bu aslida shunchaki qilish kerak degan emas”.

Bundan nima xulosa olishimiz mumkin? Biror nimani shunchaki bajarish kerak faqat qachonki shu ishni ma’lum darajada to’liq o’rganib chiqqandan so’ng. O’zbegimda bir maqol bor: “Yetti o’lchab bir kes”. Oscar Hartman (kitob muallifi)ning fikriga qaytsak “Avval o’lchab, o’rganib ko’r va kesishga kelganda shunchaki kes” degan ma’no kelib chiqadi.

Ko’pchilik kesishga kelganda ikkilanib qoladi. Ammo o’lchashdan maqsad nima edi? Kesishmi? Bo’ldi o’lchab o’rganib bo’ldingmi? Kesish vaqti kelganda kes! O’rganmasdan, o’lchamasdan kesish, o’zing kutmagan va bilmagan qiyinchiliklarni san tomon yog’diradi.

Shunchaki qilaverish kerak hech bo’lmaganda tajriba bo’lib qoladi deyishingiz mumkin, bu fikrga
avvalgi postlarda yozganimdek inson xatolardan emas, muvaffaqiyatdan ko’proq narsa o’rganadi fakti javob bo’la oladi.

Bugungi xulosa: “Shunchaki bajarish, bu aslida shunchaki bajarish degani emas!”