Get Mystery Box with random crypto!

#IIB Surxondaryoda bir guruh ayollar qarzini bermagani uchun a | Yulduzli xabarlar | Расмий канал

#IIB Surxondaryoda bir guruh ayollar qarzini bermagani uchun ayolni do‘pposlab, qosh va sochlarini kesib, kiyimlarini yirtib tashlashgani haqida xabar berilgan edi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Holat 2022-yilning noyabri oxirlarida, Denov tumani “Bog‘ishamol” mahallasi hududida sodir bo‘lgandi. To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, Denov tumanida yashovchi ayol G.R. o‘ziga ilgaridan tanish bo‘lgan, shu tumanda yashovchi ayol N.X. va Z.Y. (erkak) bilan bir guruhga birlashib, o‘ziga ilgaridan tanish bo‘lgan ayol S.D.ni Z.Y. boshqaruvidagi Nexia’da Denov tumani “Bog‘ishamol” MFY hududiga olib kelib, go‘yoki 1 million so‘m qarzi borligini vaj qilib, S.D.ni urib-do‘pposlagan.

@Yulduzlixabarlar