Get Mystery Box with random crypto!

#Yulduz Hindiston AQSH sanksiyalariga tushmagan holda Rossiyad | Yulduzli xabarlar | Расмий канал

#Yulduz Hindiston AQSH sanksiyalariga tushmagan holda Rossiyadan qurol olish yo‘lini qidirmoqda
Hindiston hukumati Rossiya bilan avval tuzilgan shartnoma asosida Moskvadan qurol olish, ammo Rossiyaga pul o‘tkazishni taqiqlovchi AQSH sanksiyalariga tushib qolmaslik yo‘lini qidirmoqda. Hindiston hukumatidagi manbalarning Bloomberg agentligiga aytishicha, hozir Rossiya Hindistonga qurol yetkazib berishni to‘xtatilgan.

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, bir yildan ortiq vaqtdan beri Rossiya Hindistonga mo‘ljallangan qurollar uchun 2 milliard dollarga yaqin to‘lovni ololmayapti. Rossiya rasmiylari Hindistonga topshirilgan qurollarga ehtiyot qismlarini yetkazib berish uchun taxminan 10 milliard dollarlik kredit liniyasini to‘xtatgan, shuningdek, S-400 raketaga qarshi mudofaa tizimining ikkita batareyasini bermagan.

@Yulduzlixabarlar