Get Mystery Box with random crypto!

Termulaman. Naqadar chiroyli, Buzilmagan hayotiy mantiq. Ko'z | Yulduzlar Aybdor

Termulaman. Naqadar chiroyli,
Buzilmagan hayotiy mantiq.
Ko'z olib qochishi biram iboli,
Muhabbat yo'q bundanda ortiq.
Bir tartibda sevgisin yozar,
Baxt bilan dard orasida.
Hayollari betartib yashar,
Qalbimning bir ichkarisida.
Tashqarisi ichidan farqli,
Alg'ov-dalg'ov bo'lgan bo'lsa kerak.
Kulgichlari ko'rinar baxtli,
Yashashi kerak bundayin yurak.
Ko'nglini g'am-qayg'u ezar,
Ming baxt bor ko'z qorasida.
Quvonchli bir bitta dil yashar,
Qalbimning eng ichkarisida...

#Merkury

Kerak bo'lsam:
@Merkurylik_bot