Get Mystery Box with random crypto!

Balgariya shoiri Qaysin Quliyev Shuvayevich tavallud topgan ku | Abituriyent Yulduzcha Student

Balgariya shoiri Qaysin Quliyev Shuvayevich tavallud topgan kun
1917-11-01

Qaysin Quliyev Shuvayevich (1917.1.11) hozirgi Kabarda Balgariya Respublikasi. Chegem tumani 1985.4.6)-bolqor shoiri. Moskvadagi Teatr san'ati institutini tugatgan (1939). Ilk she'rlar kitobi "Assalom tong" (1940). Asarlarida inson kechinmalari, tabiat, vatan, ozodlik va turmush tashvishlari, o’z zamonasi va tarixiy o’tmish voqelari aks etgan. "Qo’shnilarim" (1939-45), "Daralar qo’shig‘I” (1960) sheriy to’plamlarim va "Yarador tosh" (1964), "Yer kitobi" (1972), "Oqshom" (1974). "Zamin chiroyi" (1980) kabi dostonllar muallifi. Bolqor xalqi tarixi va taqdiriga bag’ishlangan "Qish edi" (1985) epik asari umrining oxirlarida yozilgan. Bir qator Kavkaz xalqlari vakillari qatori O’rta Osiyoga surgun qilingan. Qaysin Quliyev 1944-1957 yillarda Qirg’izistonda yashagan. O’zbekistonda o’tkazilgan nufuzli adabiy tadbirlarda muntazam qatnashgan. U o’zbek she'riyatini nihoyatda qadrlagan. Zulfiya, Shukrullo, Abdulla Oripov kabi o’zbek shoirlarining she'rlarini bolqor tiliga tarjima qilgan "Gul va xanjar" (1968), "Ko’zlaringni sevaman" (1977). "Meni ardoqlagan ayollarga" (2004) kitoblari o’zbek tilida nashr qilingan.