Get Mystery Box with random crypto!

@yoshkitobxon_bot orqali roʻyxatdan oʻtish boshlandi «Yosh ki | Yoshlar Ittifoqi | Ingliz tili birinchi fakulteti

@yoshkitobxon_bot orqali roʻyxatdan oʻtish boshlandi

«Yosh kitobxon» tanlovi 2017-2021-yillar orasida 3 milliondan ortiq yoshlarni qamrab olgan. Birgina 2021-yilgi mavsumida qariyb 555 ming nafar yoshlar roʻyxatdan oʻtib, tanlovda ishtirok etishgan. Koʻproq ma’lumotlar yuqoridagi albomda keltirilgan.

Bugun, 16-maydan boshlab «Yosh kitobxon» tanlovining 2022-yilgi mavsumiga @yoshkitobxon_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish boshlandi. Arizalar qabuli 1-sentabrga qadar mazkur bot orqali davom etadi.

Eslatib oʻtaman, tanlovda respublika bosqichiga chiqqan har bir ishtirokchi pul mukofotlari bilan, 1-oʻrin sohibi esa Prezident sovgʻasi — “Spark” avtomobili bilan taqdirlanadi. Shuningdek, joriy yildan tanlovning viloyat bosqichida yuqori natijaga erishgan yoshlarni ham taqdirlashni rejalashtiryapmiz.

«Yosh kitobxon» tanlovi boʻyicha foydali havolalar:
Roʻyxatdan oʻtish
Oʻqilishi kerak boʻlgan kitoblar
2021-yil finaldagi yoshlarning chiqishlari

@alisher_sadullaev