Get Mystery Box with random crypto!

Xulosam… Biz hammamiz insonmiz… aniq bir maqsad uchun yaratil | Y

Xulosam…

Biz hammamiz insonmiz… aniq bir maqsad uchun yaratilganmiz…

Insonmiz, xato qilamiz… ko'ngillarni og'ritamiz… hammasidan ketamiz… gunohlarning eng tubiga botamiz… dengizlarning ko'pigi hayratda qoladi gunohlarimizdan…

Lekin hech qachon hech narsaga kech emas…

Tavba qilamiz… gunohlarimiz kechiriladi.. yana gunohlarga qaytamiz… yana tavba qilamiz.. charchaymiz.. gunohlarimiz yoqimlidek tuyuladi.. lekin bizga Robbimizni roziligi muhim bo'lgani uchun harakat qilamiz gunohlardan tiyilishga…

Robbim siz bilan.. undan umidingizni uzmang.. xarom barbir xarom… aynan insonga nisbatan aytmayapman, umumiy barcha narsani xaromi albatta zarari bor.. bizga zarari tegmasa oilamizga zarari tegadi

Allohim kechir deng, kechiradi..
Satir qil deng, satir qiladi

Alloh sizni ayblaringizni berkitsa butun dunyo birlashib ham ayblaringizni ocha olmaydi!

Unga yuzlaning.. Unga taslim bo'ling… Uni seving… Hammasi U uchun bo'lsin…

#kundalikdan