Get Mystery Box with random crypto!

Songi Maktub (5 - qism) Автор: Диёрбек Юнусалиев | Aftaqiduk...🫀

Songi Maktub (5 - qism)
Автор: Диёрбек Юнусалиев





Bu zulmat xonadan sirtga chiqmas dardlarim
Balki meni tushinarsan o'qiganda xatlarim
Senga tanish xammasi undagi xar bir satrlari
Dimogimda xamon osha undan qolgan atirlari...

Kel eslaymiz osha kunni suhbatimiz bitmagandi
Axir shuncha vaqtlarimiz sarob bolib ketmagandir
Bizlar yurdik bitta yoldan lekin manzil boshqa boldi
Qolimiz ushlab qololmadik balki chindan sabr toldi

Eslaysanmi u kunlarni meni kutgan onlaringni
Fido qilding bor yogingni quvishga armonlaringni
Lekin ular bekor ketti xali xamon dardlaring bor
Balki xozir senda xam menga yozgan xatlaring bor

Fido qildim men xam borim tikib qoydim xatto jonni
Lekin quvib bolmayapti yuragimdagi armonni
Sen kabi yol tutolmadim togrirogi voz kechmadim
Sen bergan u tumorni balki shu sabab yechmadim

Biz tuzgan u rejalar qolib ketti gap bolib
Balki amalga oshirgani qolganmiz biroz tolib
Axir taqdir ayamadi ikkimizni birdek qildi
O'zgartirdim xoshiyasin lekin xamon osha jildi

Bu sozlarim tushinmaysan lekin ular senga tanish
Menga xam oson emas yozgan xatlarim sanash
Qara ketti bari bekor sevgimiz qoldi bir chetda
Oqigan bolsang xayriyat "Songi Maktub"im senga yetdi

Seni qongiroq qilar deya qara raqamim xamon osha
Qongiroq qilib qolar deya tugab bitdi bardosham
Songi maktub songi qism boshqa senga xat yozmayman
Terib qoyib raqaming lekin yashilga bosmayman

Gurur bunga yol qoymaydi kop narsalar bolib o'tdi
Sen sezmading seni kutdim qara xatto qolib o'tda
Endi Sen kabi yol tutaman togrirogi unutaman
Jin ursin bu vadalarni yana seni jim Kutaman...

Sen uchun atalgan xatlar estalik bu sevgimizdan
Vadaga amal qilish talab qilingan edi bizdan
Lekin bizlar koz yumdik vadalarni tan olmadik
Shunchaki boldik begona xatto dost bolib qolmadik

Quloq tutmadik yurakka nafrat qamrab olganida
Kech berildi bizga imkon umid gullari solganida
Endi bizga kerakmas berilgan osha imkoni
Bolib qolar endi xatlar bizni sevgimiz makoni...