Get Mystery Box with random crypto!

UYIMIZGA KELING... Opa, ahvolingiz yaxshimi ayting, Qoʻngʻi | Fasonlar🌹

UYIMIZGA KELING...

Opa, ahvolingiz yaxshimi ayting,
Qoʻngʻiroq qilolmay qolaman har kun.
Ishim koʻp soʻzini yodlab olganman,
Keling uyimizga diydorlar uchun.

Aka, sochingizga oralabdi oq,
Charchagan odamday turibsiz nechun.
Bir marta suyanib, uka deb menga,
Keling uyimizga diydorlar uchun.

Singlim, nima gaplar, ayta qol singlim,
Yoʻqlab borolmadim iltimos tushun.
Ertadan kechgacha ishdaman bilsang,
Kelgin uyimizga diydorlar uchun.

Uka, ukajonim, ishongan togʻim,
Koʻnglim xotirjamdir sen menga ustun.
Ota va onamni xursand qilay deb,
Kelgin uyimizga diydorlar uchun.

Jigarlar jam boʻling, keling mehmonga,
Boʻlaylik hammamiz bagʻrimiz butun.
Bolalik davriga qaytib bir lahza,
Keling uyimizga diydorlar uchun.

DUNYODA