Get Mystery Box with random crypto!

Bog’ot tuman Yoshlari

Telegram kanalining logotibi youth_of_bagat_district — Bog’ot tuman Yoshlari B
Telegram kanalining logotibi youth_of_bagat_district — Bog’ot tuman Yoshlari
Kanal manzili: @youth_of_bagat_district
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 304
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal Yoshlar ishlari agentligi Bog'ot tumani bo'limining rasmiy sahifasi bo'lib, yoshlar masalalariga oid barcha yangiliklar yoritib boriladi.
Murojaat uchun:
@zafardiyarovich
998900004022
998623151118

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-08-17 16:23:38
Mahallalar o‘rtasida "Zakovat" turnirida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

zakovatklubi.uz rasmiy sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida ushbu videoda batafsil tanishishingiz mumkin.

Turnir sentabr oyida boshlanib, jamoalar 5 bosqichda (mahalla, sektor, tuman, hudud va respublika) bellashadi. Turnirning finali dekabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Turnir g‘oliblari quyidagi miqdorda mukofotlanadi:

1-o‘rin - 100 mln so‘m;
2-o‘rin - 60 mln so‘m;
3-o‘rin - 40 mln so‘m.

Eslatma: Turnirda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan aholi vakillari ishtirok etishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tgach, sizni jamoaga biriktirishi uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisi bilan bog‘laning!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligixorazm
87 viewsYusupov Doniyor, 13:23
Ochish/sharhlash
2022-08-16 05:58:26 Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar kontrakt puli to‘lab beriladi

2022-yil 7-mart kuni imzolangan Prezident farmoni asosida, 2022/23-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini davlat budjetidan qoplab berilishi belgilangandi. Bu yangilikni joriy etish tartibini belgilovchi hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, davlat OTMlarining magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan va o‘qiyotgan xotin-qizlarga bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) summalari to‘liq to‘lab beriladi.

Buning uchun talabgorlar o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrga qadar ariza bilan murojaat qilishi kerak. Shu asosda rektorlar (filial direktorlari) har yili 15-oktabrgacha tegishli buyruqni qabul qiladi. 15-sentabrdan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi va to‘lov-kontrakt summalari qoplab berilmaydi.

Bu tartib davlat oliygohlari bilan birga, quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi;
Bosh prokuratura Akademiyasi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;
Bank-moliya akademiyasi.

Shuningdek, bu tartib nodavlat OTMlar va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallarida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

@alisher_sadullaev
125 viewsJahongir Komilov, 02:58
Ochish/sharhlash
2022-08-13 16:03:12
"Besh tashabbus olimpiadasi"ning ikkinchi mavsumida g'olib bo'lishingiz uchun muhim 4 qadam

4 qadam - "Besh tashabbus olimpiadasi"ning ikkinchi mavsumi doirasida 14 turdagi sport, madaniyat, san'at, Ay-Ti, kitobxonlik yo'nalishlaridagi tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etish talab etiladi.

Infografikalarda ko‘rsatilgandek, g‘alaba uchun atiga 4 qadam. Bugundan, hozirdan boshlang!

@beshtashabbus_uz
153 viewsJahongir Komilov, 13:03
Ochish/sharhlash
2022-08-11 20:01:03
Davlat fuqarolik xizmatidagi yosh xotin-qizlar uchun o'quv-seminari bo‘lib o‘tadi

12-13-avgust kunlari soat 09:00da Urganch shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tadigan o‘quv-seminarga barcha idora va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yosh xotin-qizlarni taklif qilamiz!

O‘quv-seminar davomida huquqiy, moliyaviy savodxonlik, gender tengligi, notiqlik san'ati va kasbiy toliqish mavzularida seminar hamda shaxsiy brend mavzusida trening darslari o‘tkaziladi.

Spikerlar bilan bu yerda tanishib olishingiz mumkin

Seminarda zoom platformasi orqali ham ishtirok etishingiz mumkin havolaga bosing

Ro‘yxatdan o‘tish

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligixorazm
203 viewsYusupov Doniyor, 17:01
Ochish/sharhlash
2022-08-10 17:12:42
"Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumiga start berildi!

Olimpiada shu yilning sentabr-dekabr oylarida quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

• “Yosh kitobxon”;
• “Quvnoqlar va zukkolar”;
• “Yoshlar raqs festivali”;
• “Milliy va zamonaviy cholg‘u; ijrochiligi” respublika tanlovlari;

Sportning quyidagi yo‘nalishlarida:
• voleybol;
• yengil atletika;
• stritbol;
• shaxmat;
• shashka;
• badminton;
• stol tennisi;
• workout;
• milliy kurash;
• kibersport bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

Shuningdek, olimpiada doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Olimpiadada ishtirok etish uchun joriy yilning 10-avgustidan 9-sentabrga qadar @beshtashabbusbot orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligixorazm
168 viewsYusupov Doniyor, 14:12
Ochish/sharhlash
2022-08-09 18:03:21
Президентимиз Шавкат Мирзиёев Ҳиндистоннинг Ченнай шаҳрида бўлиб ўтган 44-Бутунжаҳон шахмат олимпиадасида чемпионликни қўлга киритган жамоамиз билан телефон орқали мулоқот қилиб, уларни ушбу буюк ғалаба билан қизғин табриклади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
114 viewsJahongir Komilov, 15:03
Ochish/sharhlash
2022-08-09 12:27:38
O‘zbekiston 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining chempioni bo‘ldi

Hindistonning Chennay shahrida oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 11-turida O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir quvonarli xabar:
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'ldi. Barcha yurtdoshlarimizni tarixiy g‘alaba bilan tabriklayman!

@alisher_sadullaev
142 viewsJahongir Komilov, 09:27
Ochish/sharhlash
2022-08-08 12:34:08
Mission is done Mr. President https://t.me/shmirziyoyev

Rasman: 2026-yildagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi!
152 viewsYusupov Doniyor, 09:34
Ochish/sharhlash
2022-08-08 10:10:21
Qo'l jangi bo'yicha mahalla yoshlari orasidan eng kuchlilari aniqlandi

Yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida kecha tumanimizda qo'l jangi bo'yicha tuman birinchiligi o'tkazildi.

Musobaqada yoshlar katta qiziqish bilan ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida g'oliblarga diplom hamda maxsus medallar topshirildi.

Yoshlar ishlari agentligi Bog'ot tumani bo'limi rasmiy sahifasi
165 viewsJahongir Komilov, 07:10
Ochish/sharhlash