Get Mystery Box with random crypto!

Eng boy odamning tarixiy rekordi yangilandi Milliarder, «Amaz | YouKey

Eng boy odamning tarixiy rekordi yangilandi

Milliarder, «Amazon» kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos dunyoning eng boy odami rekordini yangiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, milliarder kapitali 213 milliard dollarni tashkil qilgan. Bezos bir necha kun oldin 211 milliard dollarga boyib, ilgari Elon Mask tomonidan o‘rnatilgan 210 milliard dollarlik rekordni yangilagan.

Ta’kidlanishicha, «SpaceX» va «Tesla» asoschisi Elon Mask bugungi kunda 180 milliard dollarga, fransuz milliarderi va «Louis Vuitton Moet Hennessy» kompaniyalar guruhining rahbari Bernard Arno esa 170 milliard dollar kapitalga ega. Ularning boyligi dunyo milliarderi yetakchisidan mos ravishda 33 va 43 milliard dollarga kam hisoblanadi.

Youkey.uz • Vaqtingizni qadrlang
Telegram Youtube Twitter
Tiktok Instagram Facebook
Livekey Linkkey Apkkey Gokey