Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar Parlamenti | Ilm-fan komissiyasi✅

Telegram kanalining logotibi yoshlarparlamenti_senat — Yoshlar Parlamenti | Ilm-fan komissiyasi✅ Y
Telegram kanalining logotibi yoshlarparlamenti_senat — Yoshlar Parlamenti | Ilm-fan komissiyasi✅
Kanal manzili: @yoshlarparlamenti_senat
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 307
Kanalning ta’rifi

🇺🇿Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti | Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi rasmiy sahifasi✅
Instagram: instagram.com/yoshlarparlamenti_senat

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-09 06:41:38
Aziz yurtdoshlar,

Sizlarni bugungi ulugʻ va muqaddas bayram - Qurbon Hayiti bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman!

Ushbu bayram qadriyatlarga boy boʻlib, mehr-oqibat, shukronalik, gʻamhoʻrlik va ezgulik ramzi hisoblanadi.

Yurtimiz boʻylab Konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda xalqimiz birdamligini oʻzida mujassam etuvchi bu qadriyatlar yurtdoshlarimizga kuch va umid bagʻishlaydi.

Bugungi muqaddas ayyomda barchangizga mustahkam sogʻliq va oilaviy baxt tilayman!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xonadonlarimizda tinchlik va farovonlik hukm sursin!

Qurbon Hayit ayyomingiz muborak boʻlsin!

Hurmat va ehtirom bilan,
Sevara Maxmudova

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi oʻrinbosari,
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori
.
141 views03:41
Ochish/sharhlash
2022-07-09 06:21:53
Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi jamoasi Qurbon Hayiti ayyomi munosabati bilan samimiy qutlaydi!

Ushbu muqaddas kunda barcha yurtdoshlarimizga tinchlik, ezgu va yorqin orzu-niyatlaringiz roʻyobini tilaymiz!

Doimo qalbingizda quvonch va nur boʻlsin!

Baxt va omad hayot yoʻlingiz davomida hamroxingiz boʻlsin!

Yana bir bor ayyomingiz muborak boʻlsin aziz yurtdoshlar!

Telegram | Instagram
117 views03:21
Ochish/sharhlash
2022-07-08 23:41:30
#OAV_biz_haqimizda

Oʻzbekiston 24 telekanalida Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi oʻrinbosari Sevara Maxmudova tomonidan Toshkent viloyati Yoshlar markazida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy Qonun loyihasi haqida tushunchalar berish maqsadida uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv o'tkazilganligi keng yoritildi.

#8july #uzbekiston24

Yoshlar Parlamenti Ilm-fan komissiyasi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram
89 views20:41
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:50:51
Senat huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi o'rinbosari tomonidan Toshkent viloyatida Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining muhokamasi o'tkazildi

Toshkent viloyatida Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi oʻrinbosari Sevara Maxmudovaning "Barkamol avlod" bolalar maktablarining direktorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda S.Maxmudova ishtirokchilarga konstitusiyaviy islohotlar davr talabi ekanligi, taklif etilayotgan qonun loyihasida Bosh qomusimizning moddalariga o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilayotganligi haqida tushunchalar berdi.

Kiritilayotgan qo‘shimchalar, bolalarning hayotini yaxshilashga, ularning asosiy vazifasi bo‘lmish ta’lim olishga qaratilgan faoliyat bilan shug‘ullanishga sharoit yaratib berishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda ishtirokchilardan ham bir qator takliflar olindi.

Endilikda respublikamizning boshqa hududlarida ham mazkur mavzuda Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi haqida tushunchalar berish davom ettiriladi.
Telegram| Instagram
135 views15:50
Ochish/sharhlash
2022-07-06 13:27:29
Navbatdagi Xalqaro hamkorlik

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi va O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi o'rtasida o'zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi

Tomonlar Memorandum doirasida quyidagi kelishuvga erishdilar:

Iqtidorli bolalarni aniqlash va ijodkorlikka rag‘batlantirish, bolalarning tasviriy san’atga qiziqishini oshirishga qaratilgan turli ko‘rgazmalar o‘tkazish;

SHHTga a’zo mamlakatlar vakillarini korporativ madaniyat va korporativ hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etishga taklif qilish;

Bolalarning badiiy ijodiyotini, yer yuzida tinchlikni saqlashga ijodiy munosabatni rivojlantirishga ko‘maklashish;

Oʻzaro kelishuv boʻyicha boshqa yoʻnalishlarda hamkorlik qilish.

Memorandum bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni bizning internet sahifalarimizda kuzatib boring!

Yangi loyihalar hali oldinda...

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
83 views10:27
Ochish/sharhlash
2022-07-04 21:36:36 Internet nashrlari biz haqimizda

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi oʻrinbosari Sevara Maxmudova tomonidan Toshkent viloyati Yoshlar markazida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy Qonun loyihasi haqida tushunchalar berish maqsadida uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazilganligi Oliy Majlis Senatining rasmiy sahifalarida yoritildi.

Batafsil oʻqish: https://senat.uz/uz/lists/view/4566

Bizni kuzatib boring!
Telegram| Instagram |Facebook
163 views18:36
Ochish/sharhlash
2022-07-02 07:00:06
2-iyul - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun!

Gerb - xalqimizning orzulari, qadriyatlari, tarixi va an'analarini o'zida mujassam etgan davlatimizning muqaddas ramzlaridan biridir.

Davlatimiz o'z mustaqilligining birinchi yilidayoq Davlat gerbiga ega bo'ldi.
1992-yilning 2-iyulida “O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi.

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi jamoasi barchangizni Davlat gerbimiz qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan muborakbod etadi!

Bizni kuzatib boring!
Telegram| Instagram |Facebook
215 viewsedited  04:00
Ochish/sharhlash
2022-07-01 23:30:49
"Siz axir osmonni olmoq bo'lsangiz, Ne uchun yelkamni tutib bermayin?"

Davlatimiz Rahbarining ushbu so'zlari barcha O'zbekiston yoshlarini qalblarini larzaga solib yubordi

Bizni kuzatib boring

Rasmiy sayt | Twitter | YouTube | Instagram
98 views20:30
Ochish/sharhlash
2022-07-01 20:09:20
Senat huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi oʻrinbosari tomonidan navbatdagi xayriya aksiyasi tashkil etildi

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi oʻrinbosari
Sevara Maxmudova tomonidan bolajonlarni
qoʻllab-quvvatlash maqsadida Toshkent viloyatida xayriya aksiyasi oʻtkazildi.

Bunda, uyda ta'lim oluvchi nogironligi bo'lgan bolalar holidan xabar olinib, ularga Yoshlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida Davlatimiz rahbarining soʻzlagan nutqlari boʻyicha 14-17 yosh oʻgʻil-qizlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun 6 oy davomida 300 ming so‘mdan pul toʻlanishi boʻyicha ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari uyda ta’lim oluvchi bolalar oʻzlari qiziqqan kasb-hunar boʻyicha "Barkamol avlod" bolalar maktablarida ta’lim olishlari uchun toʻgarak rahbarlari biriktirilib, ularning uyda ta’lim olishi rejalashtirildi.

Aksiya doirasida bolajonlarga sovgʻalar ulashildi.

Shu kabi xayriya aksiyalari respublikamizning boshqa hududlarida ham davom etadi!
Telegram
190 views17:09
Ochish/sharhlash