Get Mystery Box with random crypto!

💙YOSHLAR OVOZI💙

Telegram kanalining logotibi yoshlarovozi_new — 💙YOSHLAR OVOZI💙 Y
Telegram kanalining logotibi yoshlarovozi_new — 💙YOSHLAR OVOZI💙
Kanal manzili: @yoshlarovozi_new
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 197
Kanalning ta’rifi

Mazkur kanalga a'zo bo'lib, yangiliklar va har sohadan qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lib borasiz!
АДМИН: @Shuxratjon_Xasanov

@UNKNOWNXX
╯▅╰╱▔▔▔▔▔▔▔╲╯╯☼
▕▕╱╱╱╱╱╱╱╱┛▂╲╲╭
╱▂▂▂▂▂▂╱╱┏▕╋▏╲
▔▏▂┗┓▂▕▔┛▂┏▔▂▕▔
▕▕╋▏▕╋▏▏▕┏▏▕╋▏▏

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-03 15:00:44 #buguntarixda

Bugun 3-iyul - Titanik halokati bo'yicha sud jarayoni bo'lib o'tdi

Titanikning cho'kishi sirli bo'lib qoldi va tarixdagi eng yirik kema halokatlaridan biri bo'ldi.

Qurilish vaqtida u dunyodagi eng yirik yo'lovchi layneri bo'lgan.

1916-yil 3-iyulda Londonda layner halokati bo'yicha sud jarayoni bo'lib o'tdi.

Natijada sudyalar "kema aysberg bilan haydashning haddan tashqari tezligi tufayli to'qnashishi natijasida cho'kib ketgan" degan qarorga kelishdi.

Stenli Lord axloqiy jihatdan mahkum etildi. "Kaliforniya" paroxodining kapitani, mutaxassislarning fikriga ko'ra, fojia sodir bo'lgan joydan olti chaqirim narida bo‘lgan.

Dengiz qonunlari bo'yicha u eng og‘ir ayblov - o'layotgan odamlarga yordam ko'rsatmaslikda ayblandi.

Faqat Stenli vafotidan so'ng, 1962-yilda, uning aybsiz ekanligi aniq bo'ldi.

"Titanik" da ular yana bir kema - Norvegiyaning "Samson" kemasining chiroqlarini ko'rishgan. Lekin u kema brakonerlarniki bo‘lgandi.

@yoshlarovozi_new
39 views𝑺𝒉𝒖𝒙𝒓𝒂𝒕𝒋𝒐𝒏 𝑿𝒂𝒔𝒂𝒏𝒐𝒗, 12:00
Ochish/sharhlash
2022-07-03 15:00:27 #buguntarixda

Bugun 3-iyul - Mahmud G‘aznaviy qo‘shini Xorazmni bosib olgan kun

1017-yil 3-iyulda Mahmud G'aznaviy qo'shini Xorazmni bosib oldi va xorazmliklar galayonini shafqatsizlik bilan bostirdi.

Yosh horazmshoh G'aznaga olib ketilib, qal‘aga qamab qo‘yildi.

Uning o'rniga Mahmud G‘aznaviy bosh hojib Mahmud Oltintoshni tayinladi.

U Mahmud G‘aznaviydan ikki yil ko‘p yashab, 1032-yilgacha Xorazmni boshqardi.

╔═ ೋ ೋ ═╗ http://t.me/yoshlarovozi_new
╚═ ೋ ೋ ═╝
33 views𝑺𝒉𝒖𝒙𝒓𝒂𝒕𝒋𝒐𝒏 𝑿𝒂𝒔𝒂𝒏𝒐𝒗, 12:00
Ochish/sharhlash
2022-07-03 15:00:11 #bayramlar

Bugun 3-iyul - Sirli do‘stlik kuni

3-iyulni eng yaxshi do‘stlar bayrami deyish mumkin.

Sirli do‘stlashuv - bu har bir inson hayotida muhim munosabatlardan biri hisoblanadi.

Chunki, har bir odamda sovg’a qiladigan va o‘zining va uning yutuqlaridan xursand bo‘ladigan sirli do‘sti bo‘ladi.

Eng yaxshi sirli o‘rtoq bilan birgalikda tashvishli va bayram kunlarida birga qayg’uriladi.

Bemor bo‘lib qolganida, yoki quyoshning botishini birgalikda kuzatadigan do‘stlar albаtta har bir kishining hayotida muhim o‘rin egallaydi.

Sirliligining muhimligi shundaki, do‘stlikni mustahkam va beg’araz bo‘lishidadir.

Siz o‘zingizda sirli do‘st yo‘q deb o‘ylaysizmi?

Bo‘lishi mumkin emas. Atrofga e’tibor bilan qarab ko‘ring.

U balki tokchada turgan gultuvak yoki boshqa sizga aziz bo‘lgan narsadir. 

Do‘stlikning qadriga yetaylik!

╔═ ೋ ೋ ═╗ http://t.me/yoshlarovozi_new
╚═ ೋ ೋ ═╝
31 views𝑺𝒉𝒖𝒙𝒓𝒂𝒕𝒋𝒐𝒏 𝑿𝒂𝒔𝒂𝒏𝒐𝒗, 12:00
Ochish/sharhlash
2022-07-03 14:57:45 Bugun 3-iyul 2022-yil, yakshanba.

BAYRAMLAR:

Dengiz va daryo floti xodimlari kuni.
Xalqaro plastik xaltachalardan voz kechish kuni.
Pinhona do'stlik kuni.

MILLIY BAYRAMLAR:

Argentina - Diktorlar kuni.
Belarusiya - Mustaqillik kuni (1944).
Myanma - Xotin-qizlar kuni.
Qirg‘iziston - Tibbiyot xodimlari kuni.
 Qozog'iston - Do‘mbra kuni.
Rossiya, Oltoy respublikasi, Xakasiya Respublikasi - Ta'lim kuni (1991).
AQSh, Virjiniya orollari - qullikdan ozod qilingan kun (1848).
Rossiya - GAI xodimlari kuni (Yo'l harakati politsiyasi kuni).
Singapur - Yoshlar kuni.
Ukraina - Zenit-raketa qo‘shinlari kuni.

VOQEALAR:

- 324 - Adrianopol yaqinida Rim imperatorlari Konstantin va Litsiniyning qo'shinlari o'rtasidagi jang.
- 987 - Noyon soborida Xugo Kapet Fransiya qiroli tojini kiydi. Karolinglar sulolasi davri tugadi.
- 1017 - Mahmud G‘aznaviy qo‘shini Xorazmni bosib oldi.
- 1200 - Xorazmshoh Takash Xurosonning Shahriston degan joyida vafot etdi.
- 1608 - Shamplen Kvebek  shahriga asos soldi.
- 1773 - Kainardja qishlog'i yaqinida rus-turk urushidagi janglardan biri bo'lib o'tdi.
- 1849 - Fransiya qo'shinlari Rimni egallashib, Rim respublikasini tugatdilar.
- 1866 - Sadovadagi jang.
- 1880 - Yevropaning etakchi mamlakatlari va AQSh Marokash mustaqilligini tan oluvchi Marokko konvensiyasini imzoladilar.
- 1890 - Aydaxo AQShning 43-shtatiga aylandi.
- 1897 - Moskva badiiy teatri tashkil topdi.
- 1915 - Turkiyada birinchi qog'oz pul muomalaga chiqarildi.
- 1928 - Birinchi televizorlar sotuvga chiqdi. Ular 75 dollar turardi.
- 1936 - Rossiya davlat avtomobil inspeksiyasi tashkil topdi.
- 1941 - Sovet xalqiga Stalinning radiomurojaati.
- 1960 - AQSh Kongressi Kuba shakarini olib kirishga taqiq qo'ydi.
- 1962 - Fransiya Jazoir mustaqilligini e'lon qildi.
- 1964 - AQSHda irqiy ayirmachilikni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi.
- 1988 - Eron-Iroq urushi: Fors koʻrfazida Vinsennes kemasi  Eron yoʻlovchi samolyotini urib tushirdi.
- 1996 - Boris Yeltsin  Rossiyada boʻlgan prezident saylovlarining 2-turida g'alaba qozondi.
- 2006 - 2004 XP14 asteroidi Yer yuzasidan 432308 kilometr uzoqlikda uchib o‘tdi.
- 2018 - Daniya olimlari ilk bor sun'iy odam tuxumdonini yaratdilar

TAVALLUDLAR:

- 1423 - Lyudovik XI (1483) - Fransiya qiroli (1461-1483), Valualar sulolasidan.
- 1875 - Ferdinand Zauyerbrux (1951) - nemis jarrohi, ko'krak jarrohligining asoschilaridan biri.
- 1881 - Natalya Goncharova (1962) - rus avangard rassomi, grafika va teatr rassomi.
- 1883 - Frans Kafka 1924) - chex faylasufi, nemis tilida yozuvchi adib.
- 1897 - Jessi Duglas (1965) - amerikalik matematik.
- 1931 - Toymas Yoʻldoshboyev - fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1994), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991).
- 1945 - Saharon Shelah - isroillik matematik.
- 1946 - Bolo Yen - xitoylik kino aktyor, kulturist, jang san’ati ustasi.
- 1962 - Tom Kruz - amerikalik kino aktyori, rejissyor, prodyuser, "Oltin globus" mukofotining uch karra sohibi.
- 1964 - Peyton Tucker Reed - amerikalik rejissyor.
- 1978 - Lola Islomovna Karimova-Tillayeva - Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi.
- 1980 - Liza Oliviya Mann - amerikalik aktrisa va sobiq teleboshlovchi.
- 1987 - Sebastyan Vettel - nemis poygasi, Formula-1 toifasida to'rt karra jahon chempioni.
- 1992 - Nataliya Ramos - ispan va amerika aktrisasi.

BIZ BILAN QOLING!

╔═ ೋ ೋ ═╗ http://t.me/yoshlarovozi_new
╚═ ೋ ೋ ═╝
464 views𝑺𝒉𝒖𝒙𝒓𝒂𝒕𝒋𝒐𝒏 𝑿𝒂𝒔𝒂𝒏𝒐𝒗, 11:57
Ochish/sharhlash
2022-07-02 23:32:37
Қурбонлик шартлари ва одоблари.

Қурбонлик кунига ҳам оз қолди.

╔═ ೋ ೋ ═╗ http://t.me/yoshlarovozi_new
╚═ ೋ ೋ ═╝
46 views𝑺𝒉𝒖𝒙𝒓𝒂𝒕𝒋𝒐𝒏 𝑿𝒂𝒔𝒂𝒏𝒐𝒗, 20:32
Ochish/sharhlash
2022-07-02 23:31:00
Men shunchaki..

F-Army

╔═ ೋ ೋ ═╗ http://t.me/yoshlarovozi_new
╚═ ೋ ೋ ═╝
43 views𝑺𝒉𝒖𝒙𝒓𝒂𝒕𝒋𝒐𝒏 𝑿𝒂𝒔𝒂𝒏𝒐𝒗, edited  20:31
Ochish/sharhlash
2022-07-02 23:28:33
#QVZ

30-iyun — Yoshlar kuni
bayramida "Quvnoqlar va zukkolar" terma jamoasining chiqishi.

╔═ ೋ ೋ ═╗ http://t.me/yoshlarovozi_new
╚═ ೋ ೋ ═╝
43 views𝑺𝒉𝒖𝒙𝒓𝒂𝒕𝒋𝒐𝒏 𝑿𝒂𝒔𝒂𝒏𝒐𝒗, 20:28
Ochish/sharhlash
2022-07-02 23:03:02
#Батафсил

Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудида фавқулодда ҳолат жорий этиш бўйича Президент фармони.

╔═ ೋ ೋ ═╗ http://t.me/yoshlarovozi_new
╚═ ೋ ೋ ═╝
494 views𝑺𝒉𝒖𝒙𝒓𝒂𝒕𝒋𝒐𝒏 𝑿𝒂𝒔𝒂𝒏𝒐𝒗, edited  20:03
Ochish/sharhlash
2022-07-02 22:33:43 Barchaga hayrli tun tilab, ajoyib taronani tuhfa etmoqchiman.

@Shuxratdjon_Xasanov
46 views𝑺𝒉𝒖𝒙𝒓𝒂𝒕𝒋𝒐𝒏 𝑿𝒂𝒔𝒂𝒏𝒐𝒗, 19:33
Ochish/sharhlash
2022-07-02 06:59:46 #bayramlar

Bugun 2-iyul - Xalqaro sport jurnalistlari kuni 

Xalqaro sport jurnalistlari kuni 1995-yildan buyon xalqaro sport matbuoti birlashmasi tashabbusi bilan  ko’p davlatlarda har yili 2-iyulda nishonlanib kelinadi. 

Ushbu sanada nishonlanishga esa tarixiy voqea asos bo’lgan.

Ushbu kun 1924-yil Parijda  hozirda  deyarli yuzlab millat jurnalistlarini birlashtirib turgan Xalqaro Sport matbuot birlashmasi tarkib topgan. 

Hayotimizda yuz berayotgan, davlatlararo musobaqalar, ijtimoiy ahamiyatga ega sport ma’lumotlarini olish va matbuot, radio, televideniye, internet  tarmoqlari orqali ommani xabardor etish sport jurnalistlari zimmasidadir.

Ushbu kunda taqdirlash marosimi ham bo’lib o’tadi, sport tarmog’ini to’liq yorita olgan jusnalistlar milliy sport jurnalistlari tashkiloti hamda xalqaro sport matbuoti birlashmasi tomonidan munosib taqdirlanadilar.

Ushbu bayram bilan barcha sport jurnalistlarini muborakbod etamiz!

╔═ ೋ ೋ ═╗ http://t.me/yoshlarovozi_new
╚═ ೋ ೋ ═╝
558 views𝑺𝒉𝒖𝒙𝒓𝒂𝒕𝒋𝒐𝒏 𝑿𝒂𝒔𝒂𝒏𝒐𝒗, edited  03:59
Ochish/sharhlash