Get Mystery Box with random crypto!

#tavalludlar Bugun 7-iyul - Abulqosim Bobur tavallud topgan k | 💙YOSHLAR OVOZI💙

#tavalludlar

Bugun 7-iyul - Abulqosim Bobur tavallud topgan kun

Temurijzoda Boysunqur Mirzoning o'gli Abulqosim Bobur 1422-yil 7-iyulda dunyoga keldi.

Bu haqda tarixchi olim Xondamir quyidagicha qayd etadi:

“825-yil rajab oyining o'n yettinchisida (milodiy 1422-yil 7-iyul) Alloh taolo Boysunqur Mirzoga saodatli o'g'il karomat qildi.

Oliyshonli hoqon (Shohruh Mirzo) bolaga Bobur ismini va uning kunyasi (shajarani bildiradigan laqabi) ni Abu-l-qosim deb atadi”.

Ayni ushbu voqeani tarixchi olim Abdurazzoq Samarqandy o'z asarida shunday tariflaydi:

“Shu yili o'n yettinchi rajabda shahzoda mirzo Abulqosim Bobur eng yaxshi bir soatda va eng qutli bir vaqtda yo‘qlik qorong‘ulidan borliq olamiga keldi; uning humoyun tug'ilishi nurlari olam sathini ravshan qildi va tiriklik gulzori uning tug'ilishi saodati bilan gulshan sofligini kasb etdi”.

╔═ ೋ ೋ ═╗ http://t.me/yoshlarovozi_new
╚═ ೋ ೋ ═╝