Get Mystery Box with random crypto!

Bugun davlatimiz timsolini o'zida aks ettirgan ramzlardan biri | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Bugun davlatimiz timsolini o'zida aks ettirgan ramzlardan biri - O'zbekiston davlat gerbi qabul qilinganiga 31 yil to'ldi!

1992-yilning 2-iyulida “O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun qabul qilingan. Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi Oliy kengashining X sessiyasida tasdiqlangan.

Barcha davlat ramzlarimiz singari gerb ham xalqimizning g‘ururi, or-nomusi, tarixiy xotirasi va orzu-umidlarini o‘zida mujassam etgan bo'lib, istiqlolimiz ramzi, o‘zini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxr-u iftixor manbaidir.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi barcha hamyurtlarimizni ushbu tarixiy sana bilan muborakbod etadi!

#davlatgerbi #yoshlarittifoqi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook