Get Mystery Box with random crypto!

'Yoshlar festivali' Andijonda! O‘zbekiston yoshlar ittifoqi | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi



"Yoshlar festivali" Andijonda!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tomonidan "Bilim va tafakkurimiz- shu el uchun, shu yurt uchun!" shiori ostida "Yoshlar festivali" gala-konsert dasturi tashkil etildi.

Shou dasturi davomida yoshlar oyligida faol ishtirok etgan hamda loyiha va tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarga viloyat Kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Andijon yoshlari ishtirokida o‘tgan gala-konsertda estrada yulduzlari va iste'dodli yoshlar o‘z chiqishlari bilan barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.

#yoshlaroyligi #yoshlarfest #Andijon

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook