Get Mystery Box with random crypto!

UNESCO Silk Roads Youth Research Grant 2023 uchun arizalar qab | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi



UNESCO Silk Roads Youth Research Grant 2023 uchun arizalar qabul qilmoqda – tashabbus yosh tadqiqotchilarni Ipak yoʻlining umumiy merosini yanada oʻrganishga safarbar etishga qaratilgan va 35 yoshgacha boʻlgan yosh ayollar va erkaklarga 12 ta tadqiqot grantini taqdim etadi.

Tadqiqotlar roʻyxatda taqdim etilgan har qanday mavzularni qamrab olishi mumkin, jumladan, Ipak yo‘lining umumiy merosi bilan bogliq bolgan mavzular bilan cheklanmagan holda:

Fan va texnologiya;
An’anaviy hunarmandchilik;
Din va ma’naviyat;
Til va adabiyot;
San’at va musiqa;
An’anaviy o‘yinlar va sport turlari.

Taklif etilayotgan tadqiqot madaniy o‘zaro ta’sirlar va almashinuvlar natijalariga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak va ma'lum bir sohada moddiy va nomoddiy bo‘lgan aniq aktivlarni ko‘rsatishi kerak.

Grant miqdori: 12 ta grant – har biri uchun 10 000
AQSH dollari
Ariza topshirish ohirgi muddati: 2023-yil 31-may

Batafsil: shorturl.at/hrGWX

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook