Get Mystery Box with random crypto!

#RamazonHayiti #Tabrik Qadrli vatandoshlar hamda aziz yoshl | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#RamazonHayiti #Tabrik

Qadrli vatandoshlar hamda aziz yoshlar! Sizlarni O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamda o‘z nomimdan musulmon olamining eng aziz bayrami — Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etaman!

Mehnatsevar, bunyodkor xalqimizga mustahkam sogʻliq, xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik, dasturxonlariga fayz-baraka, ezgu ishlarida muvaffaqiyat tilayman.

Yaratganning neʼmatlari ziyoda boʻlayotgan ushbu ayyomda mamlakatimiz fuqarolarini va mehmonlarini yana bir bor qutlab, ularga tinchlik, bardavom taraqqiyot va farovonlik yor boʻlsin deb qolaman.

Hurmat bilan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Poyonov Temurbek Olimovich

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook