#LIVE
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini ishlatish tizimi ham o‘zgarishi ma’lum qilindi.
Bu jamg‘arma yoshlarni ko‘proq kasbga, tadbirkorlikka o‘rgatib, bandligini ta’minlashga xizmat qilishi kerak bo‘lsa-da, hokimlar atigi 10 foiz mablag‘ni bandlikka yo‘naltirgan, “Yoshlar daftari” orqali ko‘rsatiladigan 25 ta yordamning 5 tasidan foydalanmoqda. Shu sababli:
endi yoshlarga kasbga o‘qish, mehnat quroli, urug‘-ko‘chatga subsidiya kabi turdosh xizmatlardan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyati yaratiladi;
urug‘ va ko‘chat uchun 2,5 million so‘m o‘sha hududdagi urug‘-ko‘chat xo‘jaliklaridan sotib olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi;
“Yoshlar daftari” bilan ishlashda yoshlarni animasiya, dizayn, logistika operatori, gid kabi zamonaviy kasblarga o‘qitishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Bu tizim bilan maktablarning 10-11-sinf o‘quvchilari ham qamrab olinadi;
bundan buyon “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘ining kamida 40 foizi aynan kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltiriladi;
joriy yilda zamonaviy kasblarga o‘qitish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi va kamida 25 ming nafar yoshlar o‘qitiladi. Ehtiyojga qarab, bunga yana mablag‘ ajratiladi.
Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook