Get Mystery Box with random crypto!

#LIVE Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyos | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#LIVE

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari uchinchi toifaga batafsil to‘xtaldi.

116 ming nafar yoshlarning nogironligi bo‘lsa, 30 mingtasida surunkali kasalliklar borligi, 32 ming nafar yoshlar profilaktika, 16 ming nafari probasiya nazoratida, 9 ming nafari muntazam dars qoldirishini ma’lum qildi.

Har bir vazir, vazir o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, oliygoh rektorlari, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga uchinchi toifadagi 50 nafardan e’tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi belgilandi.

Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar asosiy e’tiborini “o‘rta” toifaga kirgan 4,6 million yoshlar bilan ishlashga qaratishi lozimligi ta’kidlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook