Get Mystery Box with random crypto!

#Ajdodlar_izidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo v | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#Ajdodlar_izidan

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlardagi yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda buyuk sarkardalarimizning jang san’ati, jamiyat va davlat hayotida amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va harbiy islohotlari to‘g‘risidagi 4 ta kitoblar asosida savol-javob tashkil etildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

Temur vorislari;

Janub qalqonlari;

Sahro burgutlari.

G‘olib jamoalar diplom hamda kitob jamlanmalari bilan taqdirlandilar.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook