Get Mystery Box with random crypto!

OTM yetakchilariga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? (2-qism) | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi



OTM yetakchilariga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? (2-qism)

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilingan.

Qaror bilan oliy ta’lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan:

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari tashkil qilinadi;

Barcha oliy ta’lim muassasalarida fakultet koordinatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

Yo‘nalish va fakultet koordinatorlari Yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida har oyda bazaviy stipendiyaning uch baravari miqdorida moddiy rag‘batlantirib boriladi;

Har yili O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyasi bilan faol yetakchilar “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi;

Oliy ta’lim muassasalaridagi Boshlang‘ich tashkilotlarning moddiy texnik bazalari yaxshilanadi. Xususan, ularga xizmat xonalari va boshqa zaruriy texnikalar ajratiladi.

Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

Batafsil: http://bit.ly/QarorMatni

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook