Get Mystery Box with random crypto!

Tashkilotning faol aʼzolariga oʻqishga kirishga tavsiyanomalar | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi



Tashkilotning faol aʼzolariga oʻqishga kirishga tavsiyanomalar berish boʻyicha nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish yakunlanishiga 2 kun qoldi!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 14-noyabrdagi 914-son qarorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish belgilangan boʻlib, hujjatlar hududiy Kengashlarimizning masʼul xodimlari tomonidan qabul qilinmoqda.

Nizomga asosan tashkilot hodimlari, sardorlar va boshlangʻich tashkilot yetakchilari nomzod sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Tavsiyanomalar berish tartibi va hududiy masʼullar haqidagi maʼlumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

Batafsil: http://bit.ly/914gaQabul

Hujjatlar joriy yilning 12-aprel kunigacha hududiy Kengashlar tomonidan qabul qilinadi!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook