Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o | Yoshlar education LC

#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 13-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 496 793 nafar.

Shundan:

237 197 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
259 596 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 309 665 nafar (62 %);
Sirtqi ta’lim shakli — 172 992 nafar (35 %);
Kechki ta’lim shakli — 11 130 nafar (2 %);
Masofaviy ta’lim shakli — 3 006 nafar (1 %).

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Samarqand viloyati — 59 551 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 54 690 nafar.
Toshkent viloyati — 51 436 nafar.
Farg‘ona viloyati — 47 616 nafar.
Surxondaryo viloyati — 38 480 nafar.
Andijon viloyati — 37 011 nafar.
Toshkent shahri — 33 602 nafar.
Namangan viloyati — 31 323 nafar.
Buxoro viloyati — 29 459 nafar.
Jizzax viloyati — 27 084 nafar.
Xorazm viloyati — 25 317 nafar.
Navoiy viloyati — 22 074 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 21 010 nafar.
Sirdaryo viloyati — 18 140 nafar.
@yoshlaredu