Get Mystery Box with random crypto!

Kutganmidingiz? Tayyormisiz? BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlan | Yoshlar - kelajagimiz ️️️

Kutganmidingiz? Tayyormisiz?

BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Kelajak bunyodkorlari” forumining 1-mavsumiga start berildi

Ushbu forum yoshlarni bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘zaro fikr almashish, iqtidorli va tashabbuskor talabalarni zamonaviy ilm-fan sohasiga jalb etish, volontyorlik harakatini kengaytirish, yoshlarda yetakchilik, liderlik hamda kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Spikerlar:

Rustamjon Rahimboyev — Yoshlar parlamenti a’zosi
Gulzoda G‘ayratova — “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi

Forum seminar-trening shaklida quyidagi mavzularda o‘tkaziladi:

— Volontyor kim?
— Yoshlar parlamenti a’zosi etib saylanish tartibi qanday?
— “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotini qanday olish mumkin?


O‘tkazilish sanasi, vaqti va joyi: 21-aprel, 15:00 da, BuxDU.

Har bir ishtirokchi forumning maxsus sertifikati bilan taqdirlanadi.

Shoshiling, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
@YoshlarS
@nazokat_bakhodirovna