Get Mystery Box with random crypto!

BAYRAM MUBORAK! Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar! Ma’lum | YOSH KITOBXONLAR

BAYRAM MUBORAK!

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Ma’lumki, respublikamiz mustaqillikka erishganidan buyon o‘tgan vaqt mobaynida mamlakatimizda juda katta ishlar amalga oshirildi. Vatanimiz har tomonlama rivojlanib dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi. Vatanimizda ulkan islohotlar amalga oshirilib, koʻplab ijobiy oʻzgarishlarga erishildi.

Shu jumladan Respublika bolalar kutubxonasi ham kutubxona rivoji hamda kitobxonlik madaniyati boʻyicha yangicha va ijodiy yondashuvlarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratdi. Aytish joizki, oʻquvchilarning salohiyatini yuksaltirib, iqtidorlilarni kashf qilish maqsadida yurt ravnaqi va el farovonligiga hissa qoʻshadigan kitobxonlarni qoʻllab-quvvatlash biz uchun eng ustuvor vazifadir.

Barchangizni eng buyuk, eng aziz bayram – Mustaqillikning 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz! Mustaqillik bardavom, yurtdoshlarimiz omon boʻlsin!

Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi
Respublika bolalar kutubxonasi

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site