Get Mystery Box with random crypto!

#Soʻragan_edingiz Bu yil akademik litseylarga o‘qishga qabul | NavDPI akademik litseyining yoshlari

#Soʻragan_edingiz

Bu yil akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish qay tartibda o‘tmoqda?

10-iyul kuniga qadar litsey.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish amalga oshirilmoqda;

ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentga 3 tagacha litseyni tanlash imkoniyati berilgan (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalish belgilanadi);

imtihonlar ikki bosqichda – dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari o‘tkaziladi;

imtihon savollari umumta’lim fanlarining 5—9-sinf dasturlari asosida tuziladi;

abituriyent o‘zi tanlagan hududda tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega;

dastlabki yozma imtihonlar akademik litsey tomonidan 2022-yil 11—16-iyul kunlari;

kirish test sinovlari esa DTM tomonidan 2022-yil iyul oyida o‘tkaziladi. Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq kunlar dastlabki imtihonlar yakunlangandan soʻng qoʻshimcha ravishda e’lon qilinadi.

Bizni kuzating: @eduuz