Get Mystery Box with random crypto!

Loyiha boshqaruvi qanday bosqichlardan iborat? Loyiha boshqar | Yosh Menejer dasturi

Loyiha boshqaruvi qanday bosqichlardan iborat?

Loyiha boshqaruvi asosiy uch qismga bo'linadi:
1. Rejalashtirish
2. Vaqt kesimida taqsimlash
3. Nazorat qilish.

Rejalashtirish:

Rejalashtirish loyiha maqsadini aniqlash va resurslarni (jamoa, byudjet) rejalashtirishni o'z ichiga oladi.

Vaqt kesimida taqsimlash:

Ushbu bosqichda loyihani amalga oshirish uchun uni bosqichlarga bo'lish va har bir bosqich uchun aniq ko'rsatmalar ishlab chiqishdan iborat va odatda loyihaning ishga tushishidan avval amalga oshiriladi.

Nazorat qilish

Nazorat faoliyati o'z nomi bilan byudjet (moliya) nazorati punktlarini ishlab chiqish, rejalashtirilgan vazifalarning bajarilganligini tekshirish hisoblanadi.

Sizningcha qaysi bosqich muvaffaqiyatli loyihaning asosiy omili hisoblanadi?